Trampning vertolyoti lazer bilan “nişonga olindi”
23-09-2025, 15:26
665 марта

Trampning vertolyoti lazer bilan “nişonga olindi”
Joriy yilning 20 sentyabr kuni Oq uy yaqinida AQŞ Prezidenti Donald Trampning Marine One vertolyotiga lazer nuri yönaltirildi. Buni sodir etgan erkak esa uşlandi. Bu haqda sud hujjatiga tayanib, “Fox News” xabar berdi.Sud hujjatida keltirilişiça, AQŞning birinçi şaxslarini qöriqlaş bilan şuğullanuvçi Maxfiy xizmat xodimi “Janubiy prezident boği” yaqinida ust-boşisiz, özi bilan özi gaplaşayotgan şubhali erkakni payqagan. Keyinroq uning ismi Jeykob Samuel Uinkler ekani malum bölgan.
Qoronğida Maxfiy xizmat xodimi çiroqni Uinklerning yuziga yönaltirganda, u javoban lazer nuri bilan unga qarata yönaltirgan. Şu paytda ustidan Marine One vertolyoti uçib ötayotgan bölgan va hujjatga köra, Uinkler lazer nurini vertolyot tomon ham yönaltirgan.
Maxfiy xizmat xodimi Uinklerning harakatlari “uçuvçining tösatdan kör bölib qolişi va çalğişi”, şuningdek vertolyot halokatiga sabab bölişi mumkin, deb hisoblab, uni darhol qölga olgan. Şundan söng Uinkler tiz çökib, Trampdan uzr söraşi kerakligini aytgan.
Söroq vaqtida Uinkler lazer nurini vertolyotga yönaltirganini tan olgan. U bunday qiliş mumkin emasligini bilmaganini aytib, köpinça lazer nuri bilan yöl belgilariga va atrofdagi narsalarga yönaltirib öynaşini tuşuntirgan. Uning yonidan kiçik piçoq ham topilgan.
Uinkler hozirda hibsga olingan. U beş yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi va 250 ming dollar jarimaga tortilişi mumkin. NBC News’ga köra, AQŞda Uinklerning bu qilmişi federal darajadagi oğir jinoyat hisoblanadi.
Hozirça Uinklerning harakatlari Marine One uçuvçisiga qanday tasir qilgani va öşa paytda Donald Tramp vertolyot bortida bölgan-bölmagani nomalum.