Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan 140 mlrd yevro ajratişi mumkin
29-09-2025, 09:59
129 марта
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan 140 mlrd yevro ajratişi mumkinYevropa Ittifoqiga azo mamlakatlar vakillari Yevrokomissiyaning Ukrainaga mablağ ajratiş böyiça taklifini muhokama qilmoqda. Unga binoan Kiyevga Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan zaxiralari hisobidan yordam beriladi. Bloomberg agentligining yozişiça, Bryussel yil oxiriga qadar bu borada yakuniy töxtamga kelmoqçi. Agar bu amalga oşsa, ukrainaliklar bu pullarni 2026-yildan ola boşlaydi.
Gap Yevropadagi yirik moliyaviy institut — Euroclear hisobida yiğilib qolgan pullar haqida ketmoqda. Bu mablağ Rossiya Markaziy bankining obligatsiyalari muddati tugagani uçun hosil bölgan va hozirda taxminan 140 mlrd yevroga yetgan.
Reja böyiça, Euroclear’dagi mablağlar örniga YeI maxsus şartlarda 0% stavkali qarz şartnomasini tuzadi. Şu orqali Rossiya tomonidan kelajakda bölişi mumkin bölgan davolardan depozitariya himoyalanadi. Qolaversa, bu mablağlarni Yevropa obligatsiyalari bilan almaştiriş masalasi ham körib çiqilmoqda.
Ukraina bu mablağlarni yordam sifatida oladi. Biroq ikki holatda ular Kiyev zimmasiga qarz sifatida yuklanişi mumkin: Rossiya reparatsiya tölaşga rozi bölsa yoki Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni bekor qilsa. Şu bois uşbu mexanizm Ukrainaning taşqi qarzini rasmiy ravişda oşirmaydi. Şuningdek Rossiya aktivlarini töğridan-töğri musodara qiliş sifatida baholanmaydi.