Qirğiziston prezidentligiga sobiq nomzod qamoqda oçlik elon qildi
29-09-2025, 18:37
106 марта

Qirğiziston prezidentligiga sobiq nomzod qamoqda oçlik elon qildi
Qirğiziston prezidentligiga sobiq nomzod, tadbirkor va xayriyaçi Imomidin Toşov 1-sonli tergov izolyatori mamuriyatining bosimiga norozilik sifatida oçlik elon qildi. Bu haqda uning advokati Asal Arğimboyeva malum qildi.Uning sözlariga köra, Imomidin Toşov hibsda saqlaş şaroitlari buzilgani yuzasidan Boş prokuratura, Ombudsman, Jazoni ijro etiş davlat xizmati va boşqa idoralarga ariza bilan murojaat qilganidan keyin taqibga uçragan.
“Mening mijozim olti kişiga möljallangan 235-kameradan 18 nafar, jumladan, bir neça marta qotillik sodir etganlikda ayblangan mahkumlar istiqomat qiladigan 218-kameraga töla-tökis ötkazilgan. Undan qarindoşlari tomonidan sotib olingan va sovğa qilingan şaxsiy buyumlari tortib olingan”, deydi Asal Arğimboyeva.Advokatning takidlaşiça, bunday harakatlar Qirğizistonning “Qamoqqa oliş tartibi va şartlari töğrisida”gi qonuniga ziddir. Xususan, qonunning 22-moddasi 7-qismida gumon qilinuvçi şaxslarni şikoyat va apellyatsiyalar berganlik uçun javobgarlikka tortiş taqiqlangan.

Voqea yuzasidan allaqaçon 1-sonli tergov izolyatori xodimlariga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.
Asal Arğimboyeva Imomidin Toşovning soğliği nafaqat oziq-ovqat, balki suvdan ham boş tortgani tufayli tez yomonlaşişi mumkinligini takidlab, yuzaga kelişi mumkin bölgan oqibatlar uçun javobgarlikni jazoni ijro etiş tizimi rahbariyatiga yukladi.