Afğonistonda internet butunlay öçirildi
30-09-2025, 11:25
281 марта

Afğonistonda internet butunlay öçirildi
Tolibon hukumati keça, duşanba kuni Afğonistonni internetdan butunlay uzib qöydi. Bu haqda NetBlocks xalqaro internet monitoringi xizmati xabar berdi.
Hukumat mamlakat aholisini ğayriaxloqiy kontentdan himoyalaş maqsadida uşbu çorani qöllagan.
«Afğoniston internetni öçiriş böyiça Şimoliy Koreya bilan raqobatda rasman birinçi örinni egalladi», — deb yozdi voqeaga javoban Afğonistonning 1TV yangiliklar telekanali sobiq boş muharriri Hamid Haydariy X tarmoğida joylagan postida.