Tramp Rossiyaga tahdid qildi
1-10-2025, 20:01
708 марта

Tramp Rossiyaga tahdid qildi
AQŞ prezidenti Donald Tramp 30 sentyabr kuni Virjiniya ştatidagi Kuantiko harbiy bazasida armiya generallari va qömondonlar qarşisida sözlagan maruzasida Rossiya xususidatahdidomuz bayonotlar berdi.Tramp öz nutqida Rossiya sobiq prezidenti, RF Xavfsizlik kengaşi kotibining örinbosari Dmitriy Medvedevni ahmoq deb atagan va uning yadro quroliga oid masuliyatsizlarça bayonotlari sabab Rossiya sohillariga atom suvosti kemalarini yuborganini aytgan.
“Yaqinda Rossiya bizga yengilgina tahdid qildi. Bunga javoban men atom suvosti kemalarini yubordim. Men “yadro” sözi eslangani sabab şunday yöl tutdim. Bu – Putin jamoasida işlaydigan ahmoq odam. Men Rossiya sohiliga bir-ikki suvosti kemasini yubordim. Ehtiyotkorlik vajidan. Biz odamlar bu sözni (yadro quroli nazarda tutilmoqda – tahr.) xöjasizlarça foydalanişiga yöl qöya olmaymiz”, – deganTramp.
Siyosatçi suvosti kemalari böyiça AQŞ Rossiya va Xitoydan 25 yil oldinda ekanini qayd etar ekan, garçi heç qaçon qöllaşga zarurat bölmasligini istasa ham, yadro arsenalini modernizatsiya qiliş lozimligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, AQŞning amaldagi va Rossiyaning istefodagi prezidentlari Tramp va Medvedev köpdan buyon ijtimoiy tarmoqlarda dahanaki tortişuvlar qilib kelmoqda.