Tojikistonda ajraşiş narxi ikki baravar oşirildi
3-10-2025, 22:58
207 марта

Tojikistonda ajraşiş narxi ikki baravar oşirildi
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon joriy yilning 1 oktyabr kuni qonunçilikka özgartirişlar kiritdi. Unga köra, nikohni bekor qiliş uçun davlat boji miqdori oşirildi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.Yangi tuzatişlarga köra, ajrim quyidagiça qimmatlaşadi:
- Er-xotindan biri ariza topşirsa – 75 somonidan 150 somonigaça (97 ming sömdan 194 ming sömgaça);
- Er-xotin birgalikda murojaat qilsa – 375 somonidan 750 somonigaça (485 ming sömdan 971 ming sömgaça);
- Sud qarori – 525 somonidan 1050 somonigaça (680 ming sömdan 1 mln 360 ming sömgaça).
Mamlakat parlamenti bunday çoralarni ajrimlar sonini kamaytiriş istagi bilan izohlagan. Qayd etilişiça, ötgan yil dekabr oyida ham boj 72-108 somonidan 500 somonigaça oşirilgan.
Naşrnigng yozişiça, ajrimlar Tojikistonda jiddiy ijtimoiy muammo bölib qolmoqda. Rasmiy statistik malumotga köra, joriy yilning birinçi yarmida mamlakatda 4117 ta ajrim qayd etilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 291 taga kam. Şunga qaramay, hukumat vaziyatni taşvişli deb hisoblamoqda. Ayollar va oilalar işlari qömitasi raisi Binafşa Fayziddinzoda ajrimlarning asosiy sababini erta nikoh va yoş qizlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi bilan izohlamoqda.