Putin Tojikistonga keldi
9-10-2025, 00:23
390 марта

Putin Tojikistonga keldi
Bugun, 8 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davlat taşrifi bilan Tojikistonga keldi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.Qayd etilişiça, Vladimir Putinning safari uç kun – 8 dan 10 oktyabrgaça davom etadi. Prezident yordamçisi Yuriy Uşakovning sözlariga köra, safar uç qismdan iborat: davlat taşrifi, “Rossiya-Markaziy Osiyo” sammiti va Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) sammiti.
Davlat taşrifi 8-9 oktyabr kunlariga möljallangan. Dasturga köra, bugun, 8 oktyabr kuni Putin Duşanbedagi “Döstlik” maydonida Ismoil Somoniy haykali poyiga gulçambar qöyadi, söng Rahmon bilan norasmiy keçki ovqatda suhbatlaşadi. Ertaga, 9 oktyabr kuni ertalab “Millatlar saroyi”da Putinning Rahmon bilan ikki tomonlama rasmiy muzokaralari – avval tor doirada, söng kengaytirilgan tarkibda bölib ötadi.
Uşakovning malum qilişiça, Rossiya delegatsiyasi tarkibiga hukumatning 20 dan ortiq azosi kirgan: Boş vazir örinbosalarlari Aleksey Overçuk va Marat Xusnullin (Rossiya tomonidagi hukumatlararo komissiya rahbari), Mudofaa vaziri Andrey Belousov, Rossiya Gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov, Içki işlar vaziri Vladimir Kolokoltsev, Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Reşetnikov, Moliya vaziri Anton Siluanov, Adliya vaziri Konstantin Çuyçenko, Sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov, Mehnat vaziri Anton Kotyakov, Talim vaziri Sergey Kravtsov, Soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko, Transport vaziri Andrey Nikitin va boşqalar.
Muzokaralarda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va xalqaro kun tartibiga oid keng doiradagi masalalar muhokama qilinadi.
“Xususan, migratsiya masalalari ham kötariladi. Siz etibor bergan bölsangiz, men Içki işlar vaziri Kolokoltsevni delegatsiya tarkibida tilga oldim”, deydi Yuriy Uşakov jurnalistlarga.Davlat taşrifi yakunida Prezidentlar strategik hamkorlik va ittifoqçilik munosabatlarini çuqurlaştiriş töğrisida qöşma bayonot imzolaydi, taxminan 15 ta hujjat almaşiladi va OAV uçun çiqiş qilinadi.
“Rossiya-Markaziy Osiyo” sammiti ertaga, 9 oktyabr kuni tuşdan keyin boşlanadi. Bu formatdagi uçraşuvlarning ikkinçisi böladi – birinçisi 2022 yil oktyabrida Ostonada ötkazilgan. Uşbu formatda Vladimir Putin Markaziy Osiyoning beş davlati – Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari bilan uçraşadi. Uşakovning aytişiça, kun tartibida savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsion, sanoat, logistika, energetika va boşqa sohalardagi olti tomonlama hamkorlik masalalari körib çiqiladi.
“Alohida etibor Afğoniston va Yaqin Şarqdagi vaziyatni inobatga olgan holda mintaqaviy xavfsizlikni taminlaş vazifalariga qaratiladi”, deydi Rossiya Prezidentining yordamçisi.Yakuniy hujjat sifatida yetakçilar 20 dan ortiq banddan iborat kommyunike qabul qiladi.
10 oktyabr kuni Duşanbeda MDH davlat rahbarlari kengaşining yiğilişi ötkaziladi. Unda Özbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari iştirok etadi. Dastlab faqat davlat rahbarlari va MDH Boş kotibi Sergey Lebedev iştirokidagi tor doiradagi yiğiliş böladi, söngra tuşlik atrofida kengaytirilgan tarkibdagi uçraşuv ötkazilib, unda Sergey Lebedev hamda Rossiya inson huquqlari böyiça vakili Tatyana Moskalkova sözga çiqadi.