Putin AZAL samolyoti halokatiga raketa parçalari sabab bölganini tan oldi
9-10-2025, 17:41
420 марта

Putin AZAL samolyoti halokatiga raketa parçalari sabab bölganini tan oldi
9-10 oktyabr kunlari Duşanbe şahrida bölib ötadigan «Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi ikkinçi sammit hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişi doirasida bölib ötayotgan Putin va Aliyev uçraşuvi ötgan yilning 25 dekabrida Qozoğiston hududida qulab tuşib, 38 nafar yölovçisini qurbon bergan AZAL samolyoti halokatiga doir mavzudan boşlandi.RIA naşrining yozişiça, uçraşuvni mazkur mavzuda boşlaşni Putin taklif qilgan.
Putin Aliyevdan Rossiya osmonida AZAL samolyoti bilan boğliq fojia uçun uzr söraganini eslatib, aviahalokatda halok bölganlarning oila azolariga hamdardlik bildirdi.
Şuningdek, Rossiya kelişuvlarga muvofiq, Ozarbayjon samolyoti halokatini tergov qilişda har tomonlama hamkorlik qilayotgani, samolyotining qulaşi sabablari, jumladan, osmonda Ukraina dronining mavjudligi bilan boğliq bölgani aytib ötildi.
«Fojia yuz bergan kuni AZAL samolyoti uç Ukraina uçuvçisiz uçoqlarini ergaştirib, Rossiya çegarasini kesib ötgan. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan otilgan ikkita raketa esa Ozarbayjon samolyotiga töğridan-töğri tegmagan, balki bir neça metr narida portlagan. Yölovçi samolyoti katta ehtimol bilan raketa parçalaridan zararlangan», – dedi Putin Aliyev bilan uçraşuvda.
Putin, şuningdek, AZAL samolyoti ekipajiga Maxaçqalaga qönişga ruxsat berilgani, biroq ular öz aeroportiga borişga qaror qilganini aytdi. Qolaversa, aviahalokatga aloqador barça mansabdor şaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilişini, bu borada Rossiya tomoni tovon tölaş uçun barça zarur işlarni amalga oşirişini malum qildi.
Putin Aliyev bilan uçraşuvda mazkur aviahalokat bilan boğliq vaziyatni hal qiliş uçun vaqt kerakligini takidladi.