USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«67 ming qurbon» – Ğazodagi Isroil genotsidining ikki yilligi raqamlarda

106 марта

«67 ming qurbon» – Ğazodagi Isroil genotsidining ikki yilligi raqamlarda

Sönggi 24 oy içida Isroil harbiy hujumlari oqibatida Ğazo aholisining 10 foizidan köproği öldirildi yoki yaralandi. Sektorda uylar, maktablar, şifoxonalardan iborat qariyb 80 foiz binolar vayron qilingan. Yaqin Şarqda ilk marta inson qöli bilan yaratilgan oçarçilik yuzaga keldi. Ğazoda sönggi 2 yilda I va II jahon uruşini qöşib hisoblaganidan ham köproq jurnalistlar öldirildi.

2023 yil 7 oktyabr kuni Hamasning qurolli qanoti – Al-Qassam brigadalari va boşqa falastinlik guruhlar Isroilning uzoq yillik zulmlariga javoban janubiy Isroilga hujum uyuştirdi. Rasmiy Tel-Avivga köra, öşa kuni 1 ming 139 kişi halok bölgan, taxminan 240 kişi esa garovga olinib, Ğazoga olib ketilgan. Bunga javoban, Isroil Ğazoni bombardimon qilişni boşladi va 16 yil davom etgan qamaldan keyin sektorning blokadasini yanada kuçaytirib, uni töliq blokadaga oldi.

Al-Jazeera tahlilçilari butun dunyoning larzaga solgan uruş jinoyatining qurbonlari haqida raqamlarni jamladi.

Ikki yil davom etgan Isroil hujumlari kamida 67 ming falastinlikni öldirgan. Yana minglab odamlar vayronalar ostida qolgan. Bu – har 33 kişidan biri, yani uruşgaça bölgan aholining taxminan 3 foizi halok bölganini anglatadi.
Foto: CNN

Öldirilganlar orasida kamida 20 ming bola bor. Demak, oxirgi 24 oy içida har soatda bitta bola öldirilgan.

Falastin soğliqni saqlaş vazirligi ölim holatlarini kasalxonaga olib kelingan yoki rasmiy röyxatga olingan odamlar asosida sanaydi. Haqiqiy raqamlar esa nomalum, ehtimol ança yuqori bölişi mumkin. Çunki rasmiy hisobda vayronalar ostida qolgan yoki bedarak yöqolganlar yöq.

Omon qolganlarning fojiasi

Ğazo sektorida 169 mingdan ortiq kişi yaralangan, köplarining tan jarohatlari umrboqiy nogironlikka sabab bölgan.

UNICEF hisob-kitobiga köra, Ğazoda 3–4 ming bola bir yoki ikkala oyoq-qölini yöqotgan. Ğazodagi oz sonli soğliqni saqlaş muassasalari dori-darmon, jihoz va narkoz tanqisligidan oğir ahvolda işlamoqda.

Isroil şu muddat içida Ğazodagi deyarli barça şifoxona va tibbiy markazlarga hujum qilgan. Sönggi ikki yil içida kamida 125 tibbiyot inşooti, jumladan 34 ta şifoxona zararlangan.

Isroil zarbalari va bombardimonlar oqibatida 1 722 nafar tibbiyot va humanitar xodim halok bölgan.

Foto: AP

«Health Care Workers Watç» malumotiga köra, 22 iyul holatiga, Isroil kuçlari 28 nafar taniqli şifokorni, jumladan 18 nafar jarrohlik, narkoz, reanimatsiya va pediatriya böyiça yetakçi mutaxassislarni hibsda saqlamoqda. Bu esa Ğazoning vayron bölgan soğliqni saqlaş tizimida katta yöqotiş hisoblanadi. Ulardan ikki nafar yetakçi şifokor qiynoqlar natijasida qamoqda vafot etgani, jasadlari esa haligaça berilmagani xabar qilingan.

JSST malumotiga köra, 2023 yil oktyabrdan beri Ğazodagi tibbiyot infratuzilmalariga 790 dan ortiq hujum qayd etilgan.

Törtinçi Jeneva konventsiyasi, 18-22-moddalariga köra, şifoxonalar hujum nişoni bölişi mumkin emas. Xalqaro jinoyat sudi Rim statutining 8-moddasi 2-bandiga binoan, şifoxonani ataylab nişonga oliş – uruş jinoyati hisoblanadi.

Inson qöli bilan yaratilgan oçarçilik

Isroil harbiy çeklovlar orqali Ğazoga yordam kirişini töxtatib, oziq-ovqatni qurolli nazorat ostiga oliş orqali ommaviy oçlikni yuzaga keltirdi. 2025 yil 22 avgust kuni BMT qöllovidagi IPC kuzatuv guruhi Ğazoda rasmiy oçarçilik elon qildi — bu Yaqin Şarq tarixidagi birinçi holat hisoblanadi.

Şu kungaça sektorda kamida 459 kişi, jumladan 154 bola inson qöli bilan yaratilgan oçarçilik halok bölgan.

Foto: Anadolu

IPC malumotiga köra, hozirgi paytda Ğazo şahri oçarçilik mavjud va u Deir al-Balah va Xon Yunus viloyatlarigaça kengayişi kutilmoqda. Aholining uçdan biri – 641 ming kişi «katta ofat» darajasida yaşamoqda.

Bolalar orasida öta töyib ovqatlanmaslik keskin oşgan: faqat iyul oyining özida 12 mingdan ortiq bolada «ötkir oziş» holati qayd etilgan — bu yil boşidagidan olti baravar köp. Har tört boladan biri öta ozğin, har beş çaqaloqdan biri esa muddatidan oldin yoki kam vaznda tuğilmoqda.

27 may kuni AQŞ va Isroil qöllovidagi Gaza Humanitarian Foundation (GHF) yordam operatsiyalarini BMTdan mustaqil olib borişni boşladi. Natijada öta xavfli taqsimot tizimini joriy etildi.

Falastin soğliqni saqlaş vazirligiga köra, GHF tarqatiş joylarida oziq-ovqat olişga uringan 2 600 dan ortiq kişi öldirilgan, 19 mingdan ortiq kişi yaralangan — ularni Isroil askarlari va GHFda işlaydigan xususiy xavfsizlik xodimlari otgan. Isroillik askarlardan biri bu joylarni «öldiriş maydoni» deb atagan, Isroil OAVlari ham yordam oliş joylarida askarlarga «otiş buyruği berilganini» tasdiqlagan.

Suv, infratuzilma va vayrona şaharlar

2023 yil oktyabrdan beri Isroil Ğazoning suv infratuzilmasini maqsadli yöq qildi – quduqlar, quvurlar, şör suvni tozalovçi zavodlar va oqova tizimlariga zarbalar berilgan.

BMT ekspertlariga köra, sektor suv va sanitariya tarmoğining 89 foizi vayron qilingan, natijada 96 foizdan ortiq oilalar içimlik suvisiz qolgan.

Foto: Reuters

Bugun Ğazo aholisining yarmi içiş va pişirişda foydalaniş uçun – kuniga 6 litrdan kam suv bilan yaşamoqda. Aholining 28 foizi esa 9 litrdan kam suvdan foydalanadi. Bu raqamlar dahşatli. Çunki, «qisqa muddatli tirik qoliş» uçun zarur meyorning özi 20 litr. Ğazodagi holat esa 2 yildan oşdi.

BMT malumotlariga köra, avgust holatiga barça uylarning 92 foizi va tijorat binolarining 88 foizi vayron bölgan. Joriy yil iyulga kelib, BMTning UNOCAT dasturi Ğazodagi barça inşootlarning 78 foizi yöq qilinganini tasdiqlagan.

Jahon bankining fevraldagi hisobotiga köra, sektorga yetkazilgan bevosita moddiy zarar 55 milliard dollarga teng. Bu – uylar, maktablar, şifoxonalar va infratuzilmaning töliq yöq qilinişini öz içiga oladi.

Talim tizimi

Ğazoda talim tizimi butunlay qulagan. 658 ming maktab yoşidagi bola va 87 ming talaba endi öqiş imkoniyatidan mahrum.

Kamida 780 nafar öqituvçi halok bölgan, maktablarning 92 foizi butunlay qayta quriliş holiga kelgan.

Foto: UN

2 300 dan ortiq talim muassasasi, jumladan 63 universitet binosi yöq qilingan. Qolganlari esa köçirilganlar uçun boşpana sifatida işlatilmoqda.

Qamoqlardagi minglab falastinliklar

Naşr malumotlariga köra, hozirda 10 ming 800 dan ortiq falastinlik Isroil qamoqxonalarida saqlanmoqda, ularning 450 nafari bola, 87 nafari ayol.

Ularning köplari Ğazoda va Ğarbiy Sohilda ötkazilgan reydlar paytida qölga olingan. Xususan, 3 mingdan ortiq insonlar heç qanday ayblovsiz, «maxfiy dalillar» asosida mamuriy hibsda uşlab turilibdi.

Ğazo — jurnalist böliş eng xavfli joy

2023 yil 7 oktyabrdan beri Ğazoda 250ga yaqin jurnalist va media xodimlari öldirilgan. Ğazoga xorijiy OAVlarga kiriş taqiqlangan, faqat Isroil armiyasi bilan yuruvçi ayrim muxbirlar qatiy tsenzura ostida hududga kiritiladi.

Foto: Anadolu

BMTning söz erkinligi böyiça maxsus maruzaçisi Iren Xan bu kampaniyani falastinlik jurnalistlarning «ovozini öçiriş» deb atagan:

«Avval Isroil jurnalistni obrösizlantiradi, uni terrorizmda ayblaydi, keyin esa öldiradi. Bu faqat jurnalistni emas, haqiqatning özini öldirişdir», — dedi u.

Braun universitetining "Cost of War" loyihasi malumotlariga köra, Ğazoda sönggi ikki yilda – Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlari, Koreya, Vetnam va Afğonistondagi uruşlardan köra köproq jurnalist öldirilgan.

Foto: Al-Jazeera

Sulh umidi

Bugunga qadar Ğazodagi uruşni tugatiş böyiça köplab kelişilgan köplab harakatlar besamar ketdi. Lekin, Isroilga yagona tasir kuçiga ega davlat – AQŞ prezidenti Donald Tramp işlab çiqqan uruşni tugatiş rejasi hozirça eng umidli bölib turibdi. Xususan, 8 oktyabr kuni Misrdagi muzokaralarni yakunlagan Hamas-Isroil rasmiylari uzoq kutilgan öt oçişni töxtatiş va garovdagilar almaşinuvi böyiça kelişuvga erişganini elon qildi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: