Qirğizistonda davlat tilida yozilmagan köça nomlari va bannerlar olib taşlanmoqda
11-10-2025, 16:53
98 марта

Qirğizistonda davlat tilida yozilmagan köça nomlari va bannerlar olib taşlanmoqda
Qirğizistonning poytaxti Bişkek şahrida davlat tilida yozilmagan hamda tasdiqlangan loyiha kodeksiga zid ravişda örnatilgan köça nomlari va reklama yozuvlari olib taşlanmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.Malumotlarga köra, reklamalar va köça nomlari mamlakatdagi tasdiqlangan loyiha böyiça oq rangda, kök rangli yozuv va belgilar bilan tayyorlanişi kerak.
“Sönggi paytlarda tegişli idoralarning ruxsatisiz, özboşimçalik bilan jismoniy şaxslar va uy-joy mulkdorlari tomonidan xatoliklarga yöl qöyilgan belgilarni örnatiş, davlat tili qoidalarini buziş, tasdiqlangan loyiha kodeksiga rioya qilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Bu borada tuman hokimliklari, mahalla fuqarolar yiğinlari tomonidan örganişlar, reydlar ötkazilmoqda”, deb bayonot bergan şahar hokimligining matbuot xizmati.