Qatar AQŞda harbiy aviabaza quradi – OAV
12-10-2025, 06:04
174 марта

Qatar AQŞda harbiy aviabaza quradi – OAV
AQŞ Qatarga Aydaxo ştatidagi Mauntin-Xom harbiy-havo bazasida özining F-15 qiruvçilari va uçuvçilarini tayyorlaş uçun aviabaza inşooti qurişga ruxsat bergan. Bu haqda keça, 10 oktyabr kuni öz manbalariga tayanib, “Axios” naşri xabar berdi.Naşr malumotiga köra, uşbu kelişuv bir neça yil davomida işlab çiqilgan bölib, uning muhokamasi sobiq AQŞ prezidenti Jo Bayden mamuriyati davridayoq boşlangan. Qatar tomonidan quriladigan inşoot AQŞ harbiy bazasi hududida joylaşadi va AQŞ yurisdiktsiyasiga böysunadi.
“Axios”ning yozişiça, kelişuvning öziga xos jihati şundaki, Qatar yangi harbiy-havo obektini noldan boşlab quradi.
“Mamlakatning tekis çöl relefi sababli Qatarning uçuvçilarni tayyorlaş imkoniyatlari çeklangan. Şu bois, turli tabiiy şaroitlarda va ob-havoda maşğulot ötkaziş istagi AQŞ hududida baza quriş ğoyasini yuzaga keltirgan”, deyiladi xabarda.