Yaponiya aeroporti xodimlari 30 yilda bironta ham yukni yöqotişmadi
15-10-2025, 12:56
177 марта

Yaponiya aeroporti xodimlari 30 yilda bironta ham yukni yöqotişmadi
Yaponiyadagi aeroport xodimlari 30 yilda bironta ham yölovçining yukini yöqotişmadi va rekord örnatişdi, deb xabar berdi Daily Mail.Osaka körfazidagi suniy orolda qurilgan Kansay xalqaro aeroporti har kuni millionlab yölovçilar va ularning jomadonlariga xizmat körsatadi. Xususan, 2023 yilda aeroport orqali 10 milliondan ortiq bagaj ötgan va ularning bittasi ham yöqolmagan. Şuning uçun Kansay sakkiz marta «Jahonning eng yaxşi bagaj yetkazib beriş aeroporti» sifatida Skytrax World Airport Awards nominatsiyasi ğolibi bölgan.
Afsuski, şunday zör aeroport yildan-yilga çökib bormoqda. 14 milliard dollar sarflab ikkita suniy orolda qurilgan aeroport 11,5 metrga pasaygan — bu muhandislar yarim asr uçun qilgan hisob-kitobdan köp.
Ulkan inşootning beton ustunlari yumşoq dengiz tubiga botib bormoqda. Uçiş-qöniş yölaklariga dengiz suvi xavf solmoqda.
