Dunyodagi eng yirik oltin koni topildi
16-10-2025, 11:33
2 088 марта

Dunyodagi eng yirik oltin koni topildi
Xitoy geologlari Xunan provintsiyasida dunyodagi eng yirik oltin rudasi konini topdi. Bu haqda “Popular Meçanics” xabar berdi.Dastlabki hisob-kitoblarga köra, yer ostida 1100 tonnagaça oltin kömilgan bölişi mumkin, bu taxminan 83 milliard dollarga teng. Xitoy davlat matbuotiga köra, kaşfiyot Pintszyan okrugidagi faol Vangu oltin koni ostidan çiqqan. Geologlar taxminan 2000 metr çuqurlikda 40 dan ortiq oltin tomirlarini aniqladi va 3D modellaştiriş zahiralar yanada çuqurroq, 3 kilometrgaça çözilişi mumkinligini körsatmoqda.
Mutaxassislarning takidlaşiça, jinsdagi oltin miqdori har tonna ruda uçun 138 grammni taşkil etadi – bu jahon oltin qazib oliş sanoati uçun juda kam uçraydigan körsatkiç.
“Köplab burğulangan jinslar körinib turgan oltinni körsatdi”, dedi Xunan provintsiyasi Geologiya byurosining ruda qidiriş böyiça mutaxassisi Çen Rulin.Agar hisob-kitoblar tasdiqlansa, kon uzoq vaqtdan beri taxminan 1025 tonna oltin zahiralari bilan dunyodagi eng yirik hisoblangan Janubiy Afrikaning Janubiy çuqur koni (South Deep)ni ortda qoldiradi.
Bu kaşfiyot allaqaçon jahon bozorlariga tasir qilgan. OAV xabarlariga köra, oltin narxi bir untsiya uçun 2700 dollargaça kötarilgan. Oltinning eng yirik işlab çiqaruvçisi va istemolçisi bölgan Xitoy jahon qimmatbaho metallar bozoridagi öz mavqeini sezilarli darajada mustahkamlaşi mumkin.
Geologiya byurosi boşliği örinbosari Lyu Yuntszyunning sözlariga köra, burğulaş işlari davom etmoqda va uçastka yaqinida qöşimça oltin rudasi zahiralari allaqaçon aniqlangan. Mutaxassislarning fikriça, bu kaşfiyot XXI asrda jahon toğ-kon sanoati uçun muhim voqea bölişi mumkin.