USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Asad hukumati öz jinoyatlarini yaşiriş uçun ommaviy qabrlarni köçirgan – OAV

243 марта
Asad hukumati öz jinoyatlarini yaşiriş uçun ommaviy qabrlarni köçirgan – OAV

Başar Asad hukumati 2019 yildan 2021 yilgaça rejim jinoyatlarini yaşiriş uçun ön minglab jasadlarni ommaviy qabristondan boşqa joyga köçiriş böyiça maxfiy operatsiya ötkazgani takidlanmoqda.

Suriya sobiq prezidenti Başar Asad hukumati 2019 yildan 2021 yilgaça rejim jinoyatlarini yaşiriş uçun ön minglab jasadlarni ommaviy qabristondan boşqa joyga köçiriş böyiça maxfiy operatsiya ötkazdi, deb aniqladi Reutersagentligi öz suriştiruvida.


Qayd qilinişiça, ommaviy qabriston Damaşqning şimoli-şarqida joylaşgan Al-Qutayfa şahri hududida joylaşgan edi. U yerda 2012 yildan beri Suriyadagi fuqarolar uruşi davrida qamoqxonalar va harbiy hospitallarda vafot etgan askarlar va mahbuslar dafn etilgan. Reuters suniy yöldoşdan olingan suratlarda uzunligi 15 metrdan 160 metrgaça bölgan 16 ta dafn xandaqlarini aniqladi.

Suriya Respublika gvardiyasi sobiq zobitining agentlikka aytişiça, 2018 yil oxirida jasadlarni köçiriş ğoyasi paydo bölgan. Bu bilan bir neça yil davomida şafqatsizlik va ommaviy qatağonlarda ayblangan Asad (garçi qamoqxonalar va qabrlarga mustaqil kiriş imkoni bölmasa-da) dunyodagi obrösini tiklaşga umid qilgan.

2019 yil fevral oyidan 2021 yil apreligaça deyarli har hafta olti-sakkizta yuk maşinasi Al-Kutayfadagi qabrdan bir neça ön kilometr uzoqlikdagi Dumeyr şahri yaqinidagi çölda joylaşgan yangi joyga jasadlarni olib ketgan. U yerda Reuters suniy yöldoş tasvirlarida uzunligi 20 dan 125 metrgaça bölgan kamida 34 ta tranşeyani kördi. Dalillar va ölçamlar u yerda ön minglab odamlar dafn etilgan bölişi mumkinligini taxmin qilişga imkon beradi.

Ikki yuk maşinasi haydovçisi va sobiq ofitser sözlariga köra, taşişdan maqsad Al-Qutayfadagi ommaviy qabristonni tozalaş va ommaviy qotillik dalillarini yaşiriş bölgan. Asad rejimi qulagan paytda Al-Qutayfadagi barça 16 ta tranşeya jasadlardan tozalangan.

Suriya sobiq prezidenti Başar Asad
Suriya inson huquqlari taşkilotlarining fikriça, Asad tuzumi davrida 160 mingdan ortiq kişi bedarak yöqolgan, ular önlab ommaviy qabrlarga dafn etilgan. Reuters agentligi Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şara hukumatiga suriştiruv natijalari haqida malum qildi. Hukumat agentlik savollariga javob bermadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: