Putin tarixiy mavzudagi maruzasi bilan Trampni darğazab qildi
18-10-2025, 18:17
605 марта

Putin tarixiy mavzudagi maruzasi bilan Trampni darğazab qildi
Alyaska uçraşuvida Putin Trampni “suvga olib borib suğormay qaytgan”.Foto: Oq uy matbuot xizmati
Financial Times gazetasi AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putinning joriy yil 15 avgust kuni bölib ötgan uçraşuviga doir maxfiy tafsilotlarni oşkor qildi.
Ingliz naşri yozişiça, Tramp Alyaska uçraşuvida Putindan Rossiyaning Qrimni anneksiya qilganini tan oliş hamda Ukrainaning Donbassdagi front pozitsiyalarida ortga çekinişi evaziga uruşni töxtatişni söragan. Oq uy Kremlga moliyaviy sanktsiyalarni yumşatişni ham vada qilgan. Ammo Putin bunga qanoat qilmay, Ukrainaning hali bosib olinmagan şarqiy hududlarini ham talab qilgan. Boz ustiga, Kiyevning töliq taslim bölişini anglatuvçi talablarni ilgari surgan.
Eng asosiysi, Putin Rossiya va Ukraina yagona xalq ekanini asoslaş uçun Trampga tarixiy mavzuda “maruza öqigan”. Xususan, Ryurik Novgorodskiy, Yaroslav Mudriy kabi örta asrlar knyazlari, kazak atamani Bogdan Xmelnitskiy haqida gapirgan. Tramp bundan darğazab bölgan va Putinga bir neça marta baland ovoz gapirgan, hatto uçraşuvni tark etişini aytgan.
Financial Times naşriga köra, Tramp öşa kuni Putindan şu qadar hafsalasi pir bölganki, avvaldan rejalaştirilgan tuşlikni bekor qilgan. Tuşlik doirasida AQŞ va Rossiya iqtisodiy aloqalari muhokama etilişi közda tutilgan edi.
Avval xabar berganimizdek, Tramp va Putinning Alyaskadagi qariyb 3 soatlik muzokarasi amaliy natijasiz yakunlandi. Ukrainada öt oçişni töxtatiş borasida jillaqursa muvaqqat kelişuvga ham erişilmadi.
Tramp rossiyalik hamkasbi bilan muzokarani ijobiy baholadi. U hatto Fox News telekanaliga bergan intervyusida Putin bilan uçraşuvga 10 ballik tizimda 10 ball qöyişini aytib maqtandi. Ammo aksar tahlilçilar Alyaskadagi uçraşuv amaliy natija bermagani holda Putinga katta oçko keltirdi deb hisoblaydi. Umuman, Alyaska sammiti Oq uyning mağlubiyati, Kremlning ğalabasi ölaroq talqin qilindi.
Ötgan hafta AQŞning Ukraina muzokaralari böyiça sobiq maxsus vakili Kurt Volker ham Alyaska uçraşuvi va uning ortidan taşkil etilgan telefon sözlaşuvida Putin Trampni aldagani haqida bayonot bergandi.
Prezidentlik saylovi davrida Rossiya – Ukraina uruşini 24 soat içida tugatişga vada bergan Tramp Oq uyga kelganidan buyon Putin bilan bir neça bor telefonda suhbatlaşdi.
Sönggi vaqtlarda Ukrainadagi uruşni töxtatiş borasida katta vadalar bergan Tramp Putinni muzokara orqali murosa yöliga sola olmasligiga közi yetgani aytilmoqda.
Ikki kun oldin ham Tramp navbatdagi marta Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqotda ikki prezident Vengriya poytaxti Budapeştda uçraşişga kelişib olgan.
Putinning tarixni öz siyosiy maqsadlari yölida talqin etişga urinişi yangilik emas. Jumladan, u sovet hokimiyatiga qadar Ukraina degan davlat bölmaganini iddao qilib keladi.
Putin 2020 yilda ham SSSR tarkibida bölgan respublikalar Ittifoq tarkibidan çiqiş payti özi bilan Rossiyaga tegişli ulkan hududlarni olib çiqib ketganini davo qilgan edi. Öşanda rossiyalik taniqli olim Sergey Abaşin bu davoga keskin etiroz bildirgandi.