Qirğizistonda terakt uyuştirişni reja qilgan qiz uşlandi
18-10-2025, 22:25
400 марта

Qirğizistonda terakt uyuştirişni reja qilgan qiz uşlandi
Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Bişkekdagi savdo markazlarida teraktlar uyuştiriş bilan tahdid qilgan şaxsni qölga oldi. Bu haqda qömita matbuot xizmati bugun, 18 oktyabr kuni xabar berdi.Aniqlanişiça, Ukraina fuqarosi Ya. Ovsyuk Telegram messenjerida keyinçalik nomi “AVERSION” deb özgartirilgan “Bişkek dahşati” kanalini yaratgan. Bu kanal Bişkekdagi maktablar va savdo markazlarida sodir bölişi mumkin bölgan teraktlar haqidagi malumotlarni faol ravişda tarqatib borgan.
Kanalda “ayana” nomli foydalanuvçining poytaxtdagi savdo markazlari — GUM, TsUM, Bişkek Park, “Dordoy Plaza”, “Azia Moll” va “Tommi Moll” savdo majmualarini portlatiş niyatini bildirgan audiosi topildi.
“Bu aholi orasida vahima va jamoatçilik noroziligini keltirib çiqardi”, deyiladi xabarda.17 oktyabr kuni Qirğiziston Jinoyat kodeksining 252-moddasi 1-qismi (terrorçilik harakatini sodir etiş bilan tahdid qiliş) bilan jinoyat sodir etiş asosida qözğatilgan jinoyat işi doirasida yuqorida qayd etilgan xabar muallifi Qirğiziston fuqarosi G.A.ning şaxsi aniqlanib, qölga olindi. U Milliy xavfsizlik davlat qömitasining vaqtinçalik saqlaş hibsxonasiga joylaştirildi.