Rossiyada markaziy osiyolik terakt uyuştirişga urinişda gumonlanmoqda
29-07-2025, 18:07
375 марта

Rossiyada markaziy osiyolik terakt uyuştirişga urinişda gumonlanmoqda
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Rostov-na-Donu şahrida markaziy osiyolik bir fuqaroni terrorçilik harakati uyuştirişga urinişda gumon qilib, hibsga oldi. Bu haqda bugun, 29 iyul kuni FXXning axborot xizmatiga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.Xabarga köra, 1982 yilda tuğilgan, Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bölgan şaxs qölga olingan. Tergov malumotlariga köra, u Rossiya Mudofaa vazirligining yuqori lavozimli harbiy xodimiga suiqasd uyuştirişni rejalaştirgan. Uning yonidan 400 gramm trotil ekvivalentiga teng bölgan qölbola portlovçi moslama topilgan. FXXning malum qilişiça, gumonlanuvçi aybini tan olgan.
Holat yuzasidan FXXning Rostov viloyati böyiça boşqarmasi quyidagi moddalarga asosan jinoyat işi qözğatgan:
- Jinoyat kodeksining 30-moddasi 1-qismi va 205-moddasi 1-qismi – terrorçilik harakatiga tayyorgarlik,
- 222.1-modda 1-qismi – portlovçi moddalar yoki portlovçi qurilmalarni noqonuniy muomalaga kiritiş,
- 223.1-modda 1-qismi – portlovçi moddalar yoki portlovçi qurilmalarni noqonuniy tayyorlagan.