Tobora köproq amerikaliklar AQŞ fuqaroligidan voz keçmoqda – WP
19-10-2025, 12:00
320 марта

Tobora köproq amerikaliklar AQŞ fuqaroligidan voz keçmoqda – WP
Çet elda doimiy yaşovçi amerikaliklarning tobora köproği AQŞning siyosiy yönalişidan norozilik bildirib fuqarolikdan voz keçmoqda. Bu haqda huquq himoyaçilariga tayanib, “The Waşington Post” naşri xabar berdi.“Har yili çet elda yaşovçi 5-6 ming amerikalik AQŞ fuqaroligidan voz keçadi. Immigratsiya böyiça advokatlarning aytişiça, ular buni köpinça soliq va taşkiliy masalalar bilan izohlaydi. Ammo, hozirgi kunda siyosiy omil tobora muhimroq rol öynamoqda”, deyiladi xabarda.Huquqşunoslarning takidlaşiça, fuqarolikdan voz keçayotganlar köpinça AQŞning siyosiy yönalişidan norozilikni asosiy sabab sifatida keltiradi.
Gazeta jurnalisti suhbatlaşgan ayrim şaxslar hozirda fuqarolikdan voz keçiş jarayonida ekanini aytib, AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan jazolaniş qörquvi ularning bu qarorida hal qiluvçi omil bölganini bildirgan. Bir erkak esa AQŞ “haddan taşqari qasoskor davlatga aylanganini” va endi uni özi bir vaqtlar tark etgan mamlakat deb atab bölmasligini qöşimça qilgan.