Rossiyada harbiy röyxatga turişdan böyin tovlaganlar fuqarolikdan mahrum etiladi
17-07-2025, 15:25
185 марта
Rossiyada harbiy röyxatga turişdan böyin tovlaganlar fuqarolikdan mahrum etiladi Rossiyada harbiy röyxatga turişdan böyin tovlagan şaxslar oldin olgan fuqaroligidan mahrum etilişi mumkin. Davlat Dumasiga tegişli qonun loyihasi kiritildi.
Loyiha Duma Mudofaa qömitasi raisi Andrey Kartapolov boşçiligidagi deputatlar guruhi tomonidan işlab çiqilgan. U bir vaqtning özida ikkita amaldagi federal qonunga — “Harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida” hamda “Rossiya fuqaroligi töğrisida”gi qonunlarga özgartişlar kiritişni nazarda tutadi.
Xususan “asosli sababsiz” harbiy hisobga turişdan böyin tovlagan şaxslarga berilgan pasportni qaytarib oliş taklif etilmoqda. Harbiy komissariat (voyenkomat) bunday holatlar haqida Içki işlar vazirligiga 5 kun içida xabar berişi kerak böladi.
Söngra vazirlik fuqarolikni bekor qiliş masalasida qaror qabul qiladi.
Agar fuqaro Içki işlar vazirligiga xabarnoma yuborilganidan söng 30 kun içida öz ixtiyori bilan harbiy komissariatga murojaat qilsa, u fuqarolikdan mahrum etilmaydi.