Ğazodagi vayronalar ostida 10 minglab jasadlar bor – OAV
21-10-2025, 12:00
110 марта

Ğazodagi vayronalar ostida 10 minglab jasadlar bor – OAV
Isroilning dahşatli va fojiali zarbalari oqibatida vayron bölgan turarjoy binolari ostida taxminan 10 ming nafar halok bölgan falastinliklarning jasadi hali ham mavjud. Bu haqda Ğazodagi manbalariga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.Naşrning takidlaşiça, faqat Ğazo şahrining özida taxminan tört ming mahalliy aholining jasadi vayronalar ostidan çiqarilmagan.
Manbaning qayd etişiça, jasadlarni izlaş uçun maxsus texnikalar zarur, biroq öt oçişni töxtatiş kelişuviga qaramay, bu uskunalar sektor hududida hanuz mavjud emas. Şahar havosi ham ayni mana şu jasadlar hidiga tölgan. Manbaga köra, ğazolik bolalar jasadlar ustida öynamoqda. Umuman olganda, ularning yoşligi qonga tölgan şaharda keçmoqda.
Qayd etilişiça, tomonlar sulhga erişgan bölişiga qaramay, mintaqada hanuz öq ovozlari tingani yöq. Mahalliy aholi hali ham tunda qörquv bilan uyquga ketmoqda.
6 oktyabr kuni Isroil va HAMAS harakati delegatsiyalari Misr, Qatar, AQŞ va Turkiya vositaçiligida Ğazo sektoridagi vaziyatni tartibga soliş böyiça bilvosita muzokaralarni qayta boşladi. 10 oktyabrda tomonlar AQŞ Prezidenti Donald Tramp ilgari taqdim etgan tinçlik rejasi birinçi bosqiçini amalga oşiriş böyiça kelişuvni imzoladi. Ğazoda öt oçişni töxtatiş töğrisidagi bitim 10 oktyabr kuni kuçga kirdi.