Turkiya Britaniyadan qiruvçi samolyotlar sotib oladi
28-10-2025, 10:01
135 марта

Turkiya Britaniyadan qiruvçi samolyotlar sotib oladi
Turkiya Buyuk Britaniya bilan 20 ta yangi Eurofighter Typhoon qiruvçi samolyotlarini xarid qiliş böyiça 9 milliard yevrolik şartnoma imzoladi. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.Bitim Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmerning Anqaraga ilk rasmiy taşrifi çoğida tuzilgan. Starmer Turkiyaning bu qarorini olqişlab, mamlakatlar yanada yaqinlaşganini takidlagan.
“Biz Yevropaning turli burçaklarida joylaşgan bölişimiz mumkin, ammo bugun biz har qaçongidan ham yaqin hamkorlardirmiz. Bu bitim NATO xavfsizligini mustahkamlaydi, ikki tomonlama mudofaa hamkorligini çuqurlaştiradi va iqtisodiy ösişga turtki beradi. Şuningdek, 20 mingta britaniyalik uçun iş örinlari yaratadi. Men faxrlanaman. Britaniyaning qiruvçilari Turkiya harbiy-havo kuçlarining ajralmas qismiga aylanadi”, degan Starmer.Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan esa bitimni “ikki yaqin ittifoqçi örtasidagi strategik aloqalarning yangi ramzi” deb atagan.
Starmerning aytişiça, kelajakda samolyotlar sonini oşiriş imkoniyati ham közda tutilgan.
Qayd etiş joiz, bu 2017 yildan beri Britaniya qiruvçilari uçun birinçi yirik buyurtma bölib, Turkiyaning harbiy-havo kuçlarini mustahkamlaşni maqsad qilgan.