Koreyada KTJ va HAMASni moliyalaştirgan özbekistonlik erkak uşlandi
28-10-2025, 12:58
319 марта

Koreyada KTJ va HAMASni moliyalaştirgan özbekistonlik erkak uşlandi
Joriy yilning 27 oktyabr kuni Janubiy Koreya politsiyasi terrorçilik faoliyatini moliyalaştirişda gumonlangan 29 yoşli özbekistonlik erkakni hibsga oldi. Bu haqda “The Çosun Daily” naşri xabar berdi.Qayd etilişiça, özbekistonlik erkak “Terrorizmga qarşi qonun” va “Terrorçilik mablağlarini taqiqlaş töğrisida”gi qonunni buzganlikda gumonlanib, hibsga olingan. Hibsga oliş jarayoni Milliy razvedka xizmati va AQŞ Federal qidiruv byurosi (FBI) bilan hamkorlikda amalga oşirilgan. Erkak xayriya taşkiloti niqobi ostida soxta faoliyat yuritib, 952 million von (663 ming dollardan ortiq) undirgan.
Erkak ekstremistik taşkilotni tarğib qiliş uçun sakkizta ijtimoiy tarmoqda (şu jumladan, Instagram’da) akkaunt yuritgan. Şuningdek, Afrikada quduq qaziş loyihalariga etibor qaratuvçi xayriya taşkilotini qöllab-quvvatlaş bahonasida taxminan 620 ming birlik USDT virtual aktivini yiğgan. Hibsga oliş paytida bu mablağning umumiy qiymati taxminan 952 million koreys vonini taşkil etgan.
Politsiya malumotlariga köra, u töplangan mablağlarning bir qismini BMT tomonidan terrorçi deb tan olingan KTJ (Katiba at-tavhid val-jihod) va HAMASga ötkazgan. Rasmiy hisob-kitoblarga köra, bu miqdor 27 million von atrofida.
“HAMASga ötkazilgan mablağlar miqdorining aniqlanişi kamdan-kam uçraydigan holat. Köproq mablağ berilgan bölişi mumkin”, deb takidladi politsiya vakili.Aniqlanişiça, erkak Instagram’da “Alloh yölida jihod, muqaddas uruşni birgalikda olib boraylik” kabi köplab ekstremistik çaqiriqlarni joylaştirgan. Bundan taşqari, u xayriya mablağlarini jalb qiliş uçun içki va xalqaro bank hisoblari hamda kredit karta tölovlari havolalarini ulaşgan.