USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya örmonida markaziy osiyolik ayolning boşsiz jasadi topildi

1 278 марта

Rossiya örmonida markaziy osiyolik ayolning boşsiz jasadi topildi

Rossiyaning Yekaterinburg şahri yaqinidagi örmondan Qirğiziston fuqarosi bölgan 41 yoşli ayolning boşi topildi. Bu haqda URA.RU xabar berdi.

Malumotlarga köra, joriy yilning 30 oktyabr kuni ertalab Yekaterinburgning janubi-ğarbiy örmonida yugurişga çiqqan mahalliy aholidan biri 41 yoşli ayolning boşsiz jasadini topib olgan. Şundan söng, hodisa haqida huquq-tartibot idoralariga xabar berilgan.

Tergovçilar ayolning şaxsini aniqlab, gumonlanuvçini qölga olgan. Qayd etilişiça, qotil ayolning 21 yoşli öğli bölib çiqqan. U qotillikka iqror bölgan. 

Tergov malumotlariga köra, ona va öğil Qirğizistondan Yekaterinburgga 2023 yilda borgan. Ayol savdo markazida işlagan, yigit işsiz bölgan.

Jinoyatçi qotillikni joriy yilning 20 oktyabr kuni örmondagi yonilği quyiş şoxobçasi yonida sodir etgan. Ona va bola avvaldan janjallaşib kelgan. Qotillik sodir etilgan kunda ham öğil onasi bilan janjallaşib qolgan.
“Tergov davomida yigitdan qanday qilib öz onasini öldirgani haqida söralganida, yigit köp marotaba çorva mollarini söyganini va bu jarayonga örganib qolganini aytgan”, deya qöşimça qilinadi xabarda.
Uşbu jinoyat yuzasidan Rossiya Tergov qömitasining Sverdlovskiy viloyati bölimi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: