USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Istanbulda söyib ketilgan ayolning qotili Samarqandda uşlandi

375 марта

Istanbulda söyib ketilgan ayolning qotili Samarqandda uşlandi

Avvalroq, Turkiyaning Istanbul şahrida 36 yoşli özbekistonlik ayol böğzidan piçoqlanib, öldirib ketilgani, qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan şaxs Özbekistonning Navoiy viloyatida qölga olingani xabar qilingandi. Asli navoiylik bölgan erkak öz uyida emas, Samarqand viloyatidagi tanişinikida uşlangani malum böldi. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov malum qildi.


Turkiyada ayolni qasddan öldirişda gumonlanayotgan, Navoiy viloyati Xatirçi tumanida yaşovçi 1979 yilda tuğilgan erkak 2002 yilda ham Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) bilan sudlangan. Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organi xodimlari uşbu şaxs Turkiyadan Özbekiston Respublikasiga qaytib kelib, Samarqand viloyati Narpay tumanida yaşovçi tanişlarinikida yaşirinib yurganini aniqlagan va uni qölga olgan.

Malumot uçun, qotillik joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 21:30 da Istanbulning Fotih tumanidagi Oqsaroy mahallasida sodir bölgan. Özbekiston fuqarosi bölgan ayol öz uyida jonsiz holda topilgan. Xabar kelib tuşganidan keyin voqea joyiga politsiya, tergovçilar guruhi va tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan.

Aniqlanişiça, ayol böğzidan piçoqlanib, öldirilgan. Jasad Sud tibbiyot instituti ölikxonasiga yuborilgan. Jamoat xavfsizligi boşqarmasi qotillik byurosi politsiyasi voqea yuzasidan tergov boşlagan va xavfsizlik kamerasi tasvirlarini tekşirgan.  

Politsiya xodimlari özbekistonlik erkak binodan çiqib ketayotgani tasvirini olgan. Qotillikda gumonlanuvçi Özbekistonga qoçib ketgani aniqlangan. Voqea yuzasidan tergov olib borayotgan Qotillik byurosi xodimlari gumonlanuvçini qölga oliş uçun konsullik xodimlari bilan uçraşgan.

Voqea sodir bölgan vaqtda mast bölganini aytgan gumonlanuvçi, ayolni köriş uçun Turkiyaga borgani va qaytib kelganini bildirgan. Şuningdek, u ayol pul uçun şantaj qilganini, bu esa qotillikka sabab bölganini aytgan. Gumonlanuvçining sudi Özbekistonda bölib ötişi aytilmoqda

Изоҳ қолдириш

    • Ergashbek 1 Dekabr 2025 15:06
      Iloji boricha jiddiyroq jazolanishi kerak qalganlara oʻrnak boʻlsin

Мавзуга алоқадор: