Istanbulda özbekistonlik ayol söyib ketildi
22-09-2025, 11:53
1 042 марта
Istanbulda özbekistonlik ayol söyib ketildiTurkiyaning özbekistonliklar eng köp istiqomat qilaladigan megopolislaridan biri Istanbulning Fotih tumanida Özbekiston fuqarosi bölgan 36 yaşar Zulayho E. böğzidan piçoqlanib, öldirib ketildi. Bu haqda Turkiya mahalliy ommaviy axborot vositalari bong urmoqda.
Ayol Oqsaroy mahallasdagi ijara uyida böğzidan piçoqlangan holda topilgan. Uning döstlari Zulayho bilan bir neça kun davomida boğlana olmagaç, bu haqda uy egasiga xabar berişgan. Uy egasi va ayolning dugonasi undan xabar oliş maqsadida xonadonga kelgan va eşikni çilangar yordamida oçişgan.
Uy içida esa Zulayhoning böğzidan piçoqlangan holda jonsiz yotganini körişgan. Şundan söng zudlik bilan politsiyaga xabar berilgan. Voqea joyiga tergov guruhi va tez tibbiy yordam yetib kelgan. Şifokorlar ayol allaqaçon vafot etganini aniqlagan. Jasad Sud tibbiyot instituti ölikxonasiga olib ketilgan.
Voqea yuzasidan qotillik gumoni asosida suriştiruv işlari boşlangan.