13 yaşar özbekistonlik bola Turkiyada odam öldirişga urindi
26-08-2025, 11:15
1 309 марта

13 yaşar özbekistonlik bola Turkiyada odam öldirişga urindi
Özbekistonliklarning xorijiy mamlakatlarda jinoyat sodir etişi bilan boğliq xabarlar tinmayapti. Navbatdagi holat yana Turkiyaning Istanbul şahrida aniqlandi va unda gumondor 13 yaşar özbekistonlik bola.Turkiya mahalliy ommmaviy axborot vositalarining xabar berişiça, 13 yaşar özbekistonlik S.T. 24 yoşli opasi A.T.ning sevgilisi bölgan 26 yoşli Muhammad Ö.ga uyining oldida piçoq bilan oğir tan jarohati yetkazgan. Jarohat olgan şaxs zudlik bilan şifoxonaga yotqizilgan, bolakay esa qölga olingan.

Picture backgroundVoqea joriy yilning 22 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:30 da Istanbulning özbekistonliklar eng köp istiqomat qiladigan mavzesi Oqsaroyda sodir bölgan. Malum qilinişiça, öşa kuni Muhammad Ö. va uning sevgilisi bölgan A.T.ning ukasi örtasida janjal çiqqan. Oqibatda bolakay yigitning çap kökrak qismiga piçoq bilan zarba bergan.
Tez tibbiy yordamga va politsiyaga bolakayning opasi xabar bergan. Jarohatlangan yigit şifokorlar tomonidan nazoratga olinib, şifoxonaga olib ketilgan. Bolakay esa voqea joyidan yaşiringan. Oradan köp vaqt ötmay, bolakay voqea joyiga yaqin boğdan topilgan.