Onasi özbek bölgan Arfiya Eri Yaponiyada lavozimga qayta tayinlandi
1-11-2025, 18:28
156 марта

Onasi özbek bölgan Arfiya Eri Yaponiyada lavozimga qayta tayinlandi
Onasi özbek, otasi esa uyğur bölgan yaponiyalik siyosatçi Arfiya Eri mamlakat hukumatining yangi tarkibida Taşqi işlar vazirining parlament örinbosari lavozimiga qayta tayinlandi. Bu haqdagi malumot Boş vazirning rasmiy saytida keltirilgan.Qayd etiş joiz, u birinçi marta 2024 yilning 13 noyabr kuni parlament örinbosari etib tayinlangan, joriy yilning oktyabr oyida esa yangi hukumat tarkibida lavozimiga qayta tasdiqlangan.
Oçiq manbalardagi malumotlarga köra, Arfiya Eri 1988 yil 16 oktyabrda Fukuoka prefekturasining Kitakyusyu şahrida tuğilgan otasi uyğur va onasi özbek millatiga mansub yaponiyalik siyosatçi. U Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vakilasi hisoblanadi.
U Jorjtaundagi Diplomatik xizmat maktabini va Vaşingtondagi Oliy diplomatik xizmat maktabini tamomlagan. Ingliz, xitoy, özbek, turk va uyğur tillarida erkin sözlaşa oladi, arab tilini esa boşlanğiç darajada biladi.
Avval Yaponiya Markaziy bankida va Birlaşgan Millatlar Taşkilotida faoliyat yuritgan. 2023 yil aprel oyida u Tiba prefekturasining 5-okrugidan Yaponiyaning Vakillar palatasiga qöşimça saylovlarda deputat etib saylangan.