USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pokiston va Afğoniston örtasidagi Torxam çegara punkti oçildi

89 марта

Pokiston va Afğoniston örtasidagi Torxam çegara punkti oçildi

Pokiston va Afğonistonni boğlovçi Torxam çegara punkti qayta oçildi. Bu orqali afğon muhojirlariga vatanga qaytiş imkoniyati yaratildi.

Pokiston rasmiylari çegara orqali gumanitar va tijorat yönalişidagi harakatlar qayta tiklanganini malum qilgan. Afğonistonning Nangarhor provinsiyasi axborot va madaniyat boşqarmasi rahbari Qurayşiy Badlun ham çegara oçilganini tasdiqlagan.
Mazkur punkt 11 oktyabr kuni yopilgan edi. Pokiston çegarada yuz bergan qurolli töqnaşuvdan söng afğon muhojirlarining ötişiga vaqtinça tösiq qöygandi. Oqibatda Xaybar-Paxtunxva provintsiyasidan Torxamgaça bölgan yölda yuzlab yuk maşinalari va minglab muhojirlar suv ham, oziq-ovqat ham topolmay, yölda qolib ketgan.

Pokiston va Afğoniston örtasidagi ziddiyat
15 oktyabr kuni ikki davlat çegarasida yana töqnaşuvlar bölib ötgaç, 48 soatlik öt oçişni töxtatiş kelişuvi elon qilingan. Keyinçalik bu kelişuv Turkiya va Qatar vositaçiligida Doha şahrida ötkazilgan muzokaralar davomida uzaytirilgan. Şundan söng muzokara Turkiyaning Istanbul şahrida ötkazilgan va suhbatlarda sulhni çöziş hamda çegara mojarolarini bartaraf etiş masalalari muhokama qilingan. Navbatdagi uçraşuv 6 noyabr kuni yana Istanbulda bölib ötişi rejalaştirilgan.
Ikki davlat örtasidagi çegara
Pokiston va Afğoniston örtasidagi çegara uzunligi 2 670 kilometrni taşkil etib, 18 ta rasmiy ötiş punkti mavjud. Eng gavjum punktlar — Nangarhor provinsiyasidagi Torxam va Qandahordagi Spin Boldak sanaladi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: