Putin qariyb 100 yoşgaça hokimiyatda qolişni istaydi – OAV
3-11-2025, 10:33
249 марта

Putin qariyb 100 yoşgaça hokimiyatda qolişni istaydi – OAV
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2050 yilgaça hokimiyatda qolişni istaydi. Bu haqda suriştiruvçi jurnalist Ilya Davlyatçinga tayanib, Britaniyaning “Daily Star” naşri xabar berdi.Davlyatçinning sözlariga köra, Iosif Stalindan beri Kremlni boşqa har qanday hukmdordan uzoqroq vaqt boşqargan 73 yoşli Putin 97 yoşgaça hokimiyatni saqlab qolişni va keyin uni öğli Ivanga topşirişni xohlaydi. U hozirda 10 yoşda va 2050 yilda 35 yoşga töladi.
Putinning vakolat muddatini qayta belgilaş uçun 2020 yilda qayta yozilgan amaldagi konstitutsiya unga 2036 yilgaça yoki 83 yoşgaça Prezident bölib qoliş imkonini beradi.
Hukmronlik muddati böyiça Putin allaqaçon Augusto Pinoçet (17 yil), Kim Çen Ir (17 yil), Benito Mussolini, Indoneziya diktatori Suxarto (20 yil) va Ruminiyani 24 yil boşqargan Nikolaye Çauşeskudan özib ketgan. Beşinçi muddat oxiriga kelib, Putin Mao Tszedundan (27 yil) ötib ketişi mumkin, oltinçi muddatda esa 36 yil hukmronlik qilgan Fransisko Franko (Ispaniya) va Antonio de Salazarga (Portugaliya) yetib olişi mumkin.
Agar Putin 2050 yilgaça hokimiyat tepasida qolsa, u Muammar Kaddafidan (42 yil), Kim Ir Sendan (46 yil) va Fidel Kastrodan (49 yil) ötib ketadi va 50 yil hukmronlik qilgan Ivan Grozniydan beri Rossiyaning eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan rahbariga aylanadi.
Putinning yaqin doirasi Rossiya Prezidentining umrini uzaytiriş masalalarini faol ravişda körib çiqmoqda va Soğliqni saqlaş vazirligiga sentyabr oyida qarişga qarşi kuraş böyiça barça mavjud ilmiy tadqiqotlarni zudlik bilan töplaş topşirilgan edi.