USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Saratovga dron hujumi uyuştirdi

96 марта

Ukraina Saratovga dron hujumi uyuştirdi

Ukraina qöşinlari bugun, 3 noyabrga ötar keçasi Saratov viloyati hududiga dron orqali hujum uyuştirdi. Bu haqda bir qator Rossiyadagi Telegram-kanallar xabar berdi. 

“ŞOT” manbasiga köra, Saratov va Engels şaharlarida aholi havo hujumi sirenalarini eşitgan va havo mudofaa tizimlari işlaganini xabar bergan. “ASTRA” kanali malumotiga köra, hujum oqibatida “Rosneft” korporatsiyasiga tegişli Saratov neft qayta işlaş zavodi zarbaga uçragan.


Ukrain manbalar Telegram’da zavodga zarba berilgan lahzalarni aks ettiruvçi videoyozuvlarni tarqatdi. Monitoring loyihalari Dnipro Osint va Exilenova+ xabariga köra, hujum oqibatida zavodning AVT-6 qurilmasi atrofida yonğin çiqqan. Yana bir dron pentan-geksan fraktsiyasini izomerizatsiya qiliş qurilmasini urişga uringan, ammo antidron töri uni töxtatgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi malumotiga köra, keçasi Saratov viloyatida 29 ta, Rostov viloyatida ham şunça dron yiqitilgan. Volgograd viloyati osmonida 4 ta, Belgorod va Stavropol hududlarida esa bittadan dron aniqlangan.
Saratov viloyati hokimiyati hujum xavfi tufayli havo huşyorligini elon qilgan, ammo hozirça zarar va jabrlanuvçilar haqida malumot bermagan. 
“Saratov aeroportida parvozlar vaqtinça töxtatilgan, ammo hozirda faoliyat odatiy holda davom etmoqda”, dedi Rosaviatsiya vakili Artyom Korenyako.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: