“AQŞ Isroilni qöllaşni töxtatgan taqdirda hamkorlikni yölga qöyiş mumkin” — Eron oliy rahnamosi
4-11-2025, 08:48
97 марта

“AQŞ Isroilni qöllaşni töxtatgan taqdirda hamkorlikni yölga qöyiş mumkin” — Eron oliy rahnamosi
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQŞ bilan hamkorlik Vaşington Isroilni qöllab-quvvatlaşni butunlay töxtatgan taqdirdagina körib çiqilişini aytdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.“Agar ular sionistik rejimni (Isroilni) qöllaşni butunlay bas qilsa, mintaqadagi harbiy bazalarini olib çiqib ketsa va mintaqa işlariga aralaşişni töxtatsa, şundagina hamkorlik haqida öylaş mumkin. AQŞ özining mağrur tabiati bilan faqat böysunişni talab qiladi”, degan Xomanaiy.U bu sözlarni Tehronda 3 noyabr kuni talabalar bilan uçraşuvda, 1979-yilda Islom inqilobidan söng AQŞ elçixonasi bosib olingan kun munosabati bilan aytgan. Xomanayning bayonoti Eron va Isroil örtasidagi 12 kunlik uruşdan bir neça oy ötib yangramoqda.
Iyun oyida Isroil Eronga qarşi keng kölamli havo hujumlarini boşlagan, bunga javoban Eron raketa va dron zarbalari bilan javob bergan edi. AQŞ qisqa muddatga bu mojaroga qöşilib, Eron yadroviy obektlariga zarba bergan. 24 iyun kuni tomonlar öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgan.
Eron bir neça yillardan beri xalqaro sanktsiyalar bosimi ostida qolmoqda. Qöşma Ştatlar 2018-yilda yadroviy kelişuvdan çiqib, sanktsiyalarni qayta joriy qilganidan söng vaziyat yanada oğirlaşgan. Sentyabr oyida esa Britaniya, Frantsiya va Germaniya BMT sanktsiyalarini mamlakatga qarşi qayta kiritgan.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi ham Xomanaiyning gaplariga öxşaş fikrlarni bildirgan. U 2 noyabr kuni Al Jazeera telekanaliga quyidagiça intervyu bergan:
“Tehron AQŞ bilan muzokaralarga tayyor, biroq faqatgina yadroviy dastur masalasida. Biz raketa dasturimiz böyiça muzokara olib bormaymiz. Gap teng huquqlilik va özaro manfaat asosida bölişi kerak. Amerikaliklar şoşilayotgani yöq — biz ham şoşilmaymiz”, degan u.