Bosniyada qariyalar uyi yonib ketdi. Qurbonlar bor
5-11-2025, 20:52
100 марта

Bosniyada qariyalar uyi yonib ketdi. Qurbonlar bor
Keça, 4 noyabr kuni Bosniya şimolidagi Tuzla şahridagi qariyalar uyida yonğin çiqdi. Hodisa oqibatida 11 kişi halok bölgan, 30 ga yaqin kişi jarohat olgan. Bu haqda Bosniya politsiyasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Qayd etilişiça, mahalliy vaqt bilan 19:45 atrofida yonğin eski töqqiz qavatli binoning yettinçi qavatini qamrab olgan, olov va tutun yuqori qavatlardan osmonga kötarilgan. Hozirça yonğinning sababi aniqlanmagan.
Mahalliy OAVga köra, halok bölganlarning köpçiligi nogiron bölib, qutqarilganlar favqulodda yordam ekipajlari tomonidan yuqori qavatlardan pastki qavatlarga köçirilgan. Jarohatlanganlarning ayrimlarining ahvoli oğir.
Politsiyaga köra, jabrlanganlarning şaxsi bugun, 5 noyabr kuni keçroq aniqlanadi va yonğin sabablarini tekşiriş imkon paydo bölgandan keyin boşlanadi.
Qariyalar uyi bayonotida aytilişiça, hokimiyat uşbu fojiali hodisaga sabab bölgan holatni aniqlaş uçun barça zarur çoralarni körmoqda. Bosniya va Gertsegovinaning ikki subektidan biri bölgan Serb Respublikasi hukumati Tuzla şahriga yordam taklif qilgan.
“Biz oğriqni his qilamiz va har doim yordam berişga tayyormiz”, deydi Serb Respublikasi Boş vaziri Savo Miniç.