Urgançda yoqilği quyiş şaxobçasi yonib ketdi
8-08-2025, 20:08
5 376 марта
Urgançda yoqilği quyiş şaxobçasi yonib ketdiBugun, 8 avgust kuni Urganç şahrida joylaşgan yoqilği quyiş şaxobçasida yonğin sodir böldi. Hozirça yonğinning kelib çiqiş sababi aniq emas.
Guvohlarning malum qilişiça, yonğin qisqa vaqt içida keng maydonga tarqalgan va qalin qora tutun atrofga yoyilgan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar xizmati va yonğin öçiriş otryadlari tezkor yetib borişgan.
Tezkor harakatlar natijasida yonğin qisman nazoratga olingan. Hozirda yonğinni töliq öçiriş va uning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş böyiça işlar olib borilmoqda.
Jabrlanuvçilar yoki halok bölganlar töğrisida hozirça rasmiy malumot berilmagan.
Hodisa yuzasidan qöşimça malumotlar taqdim etilişda davom etamiz.