AQŞ BMTdan Aş-Şaraga qöyilgan sanktsiyalarni bekor qilişni sörayapti
5-11-2025, 20:56
81 марта

AQŞ BMTdan Aş-Şaraga qöyilgan sanktsiyalarni bekor qilişni sörayapti
AQŞ dunyoga tasir körsatuvçi yangi taşabbus bilan çiqdi – u BMT Xavfsizlik Kengaşiga taklif etgan loyiha rezolyutsiyasida Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şaraga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilişni söramoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.Aş-Şara keyingi hafta AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uçraşişi rejalaştirilgan.
“Reuters” agentligi qöliga kiritgan loyihaga köra, sanktsiyalar Suriya içki işlar vaziri Anas Xattabga ham bekor qilinişi nazarda tutilgan. Rezolyutsiya qaçon ovozga qöyilişi hali malum emas. U qabul qilinişi uçun 15 azodan kamida töqqiztasi rozi bölişi va Rossiya, Xitoy, AQŞ, Frantsiya yoki Britaniyadan birortasi veto qöymasligi lozim.
Vaşington oxirgi oylarda 15 azoli Kengaşni Suriyaga nisbatan joriy qilingan sanktsiyalarni yumşatişga çaqirib kelayotgan edi.
13 yillik fuqarolik uruşi ortidan Suriya prezidenti Başar Asad 2024 yil dekabr oyida “Hayat Tahrir aş-Şom” (HTŞ) rahbarligidagi isyonçilarning hujumi natijasida hokimiyatdan ağdarilgandi.
Avval “Jabha an-Nusra” nomi bilan malum bölgan HTŞ 2016 yilgaça “Al-Qoida”ning Suriyadagi rasmiy bölinmasi edi, ammo keyin bu taşkilotdan ajralgan. 2014 yil mayidan buyon u BMT Xavfsizlik Kengaşining “Al-Qoida va IŞID”ga oid sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan.
HTŞning bir qator yetakçi şaxslariga – jumladan uning rahbari Ahmad aş-Şara va içki işlar vaziri Anas Xattabga – sayohat taqiqlari, mol-mulkni muzlatiş va qurol-yaroğ embargosi kabi sanktsiyalar joriy etilgan.
BMT Xavfsizlik Kengaşi sanktsiyalar qömitasi bu yil Aş-Şara uçun bir neça bor sayohat imtiyozlarini bergan. Şu bois, AQŞ tomonidan taklif qilingan rezolyutsiya qabul qilinmasa ham, Suriya prezidentining Oq uyga taşrif buyurişi ehtimoli yuqori.