USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ğazoda qariyb 75 ming odam BMT binolarida jon saqlamoqda

79 марта

Ğazoda qariyb 75 ming odam BMT binolarida jon saqlamoqda

BMTning falastinlik qoçqinlar böyiça agentligi (UNRWA) malumotiga köra, Ğazoda qariyb 75 ming odam taşkilotga qaraşli 100 ta binoda boşpana topib, jon saqlamoqda. Bu haqda taşkilot bayonotiga tayanib, Daily Sabah xabar berdi.

“Ğazoda 75 mingga yaqin odam 100 dan ortiq UNRWA binosida yaşamoqda. Köplab binolar vayron bölgan va odamlar siqilib yaşamoqda”, deyiladi agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.
UNRWA xodimlari boşpanalarni xavfsiz va munosib holatda saqlaş uçun har kuni çiqindilarni yiğiş va sanitariya xizmatlari bilan şuğullanib, odamlarni suv bilan taminlayotganini bildirgan.
Ğazo hukumati OAV idorasi malumotiga köra, sönggi ikki yil içida 2,4 million aholining 2 millionga yaqini öz uylarini tark etişga majbur bölgan. Bu vaqt davomida 288 mingdan ortiq falastinlik oila uysiz qolgan. Odamlar tor, şaroiti oğir joylarda tirikçilik qilmoqda.
HAMAS va Isroil örtasida otaşkesimga erişilib, uning birinçi bosqiçi 10 oktyabr kuni kuçga kirgandi. Bu AQŞ prezidenti Donald Trampning 20 bandli tinçlik rejasi doirasida amalga oşirilgan. Reja böyiça Isroil garovdagilarni ozod etişi, buning evaziga falastinlik mahbuslar ozod qilinişi, keyin esa Ğazoni qayta quriş va HAMASsiz yangi boşqaruv tizimi yaratiş rejalaştirilgan.
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligining sönggi malumotlariga köra, 2023 yil oktyabr oyidan beri Isroil hujumlari oqibatida 68 800 dan ortiq falastinlik halok bölgan, 170 mingdan ziyodi esa yaralangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: