USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Si Tszinpindan media magnatni ozod qilişni söradi

76 марта

Tramp Si Tszinpindan media magnatni ozod qilişni söradi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp ötgan hafta Janubiy Koreyaga qilgan taşrifi çoğida Xitoy rahbari Si Tszinpindan Gonkongda qamoqda bölgan media-tadbirkor Jimmi Layni ozod qilişni söragan. Bu haqda muzokaralar haqida xabardor bölgan uç kişi va AQŞ mamuriyatining bir rasmiysiga tayanib, “Reuters” xabar berdi. 

Malumotlarga köra, Tramp Layning ozod qilinişi böyiça aniq kelişuv taklif etmagan, ammo uning soğligi va uzoq davom etgan milliy xavfsizlik böyiça sud jarayonidan keyingi holati haqida umumiy taşvişini bildirgan. Bir manbaning sözlariga köra, Tramp bu masalaga taxminan beş daqiqa vaqt ajratgan.
“Prezident Tramp vada qilganidek, Jimmi Lay işini kötardi. Prezident Tramp va Prezident Si mazkur masala böyiça fikr almaşdi”, dedi AQŞ mamuriyati rasmiysi. 
Uçinçi manba ham buni tasdiqlab, “bu masala Tramp tomonidan kötarilgani va Si tomonidan qayd etilgani”ni bildirdi. Uning aytişiça, Tramp Layni ozod qiliş AQŞ–Xitoy munosabatlari uçun foydali bölişini va Pekinning xalqaro imijiga ijobiy tasir körsatişini takidlagan.
Trampning töğridan töğri aralaşuvi Layning sud hukmini kutib turgan bir paytga töğri keldi. Bu sud jarayoni Gonkongda inson huquqlari va erkinliklarga qarşi Xitoyning qattiq nazoratining ramzi sifatida körilmoqda.
Jimmi Lay — demokratiya tarafdori bölgan, hozir faoliyati töxtatilgan “Apple Daily”* gazetasining asosçisi. U ikkita “çet el kuçlari bilan til biriktiriş” ayblovi va “isyonkor materiallar tarqatişda til biriktiriş” ayblovi böyiça aybdor emasligini aytgan.
Tramp muzokaralar oldidan bu masalani kötariş niyatida ekanini aytgan edi, ammo muzokaralardan keyin ikki taraf ham bu haqda rasmiy bayonot bermagan. Oq uy ham bu masala haqida izoh berişdan boş tortgan.
Vaşingtondagi Xitoy elçixonasi rasmii Liu Pengyu esa muzokaralar paytida Lay haqidagi malumotlardan xabardor emasligini bildirib, şunday degan:
“Jimmi Layning jinoyatlari Gonkongning farovonligi va barqarorligiga jiddiy zarar yetkazgan. Sud jarayoniga aralaşiş yoki huquq ustuvorligini zaiflaştirişga urinişlar muvaffaqiyatsizlikka uçraydi”.
Garçi Lay Britaniya fuqarosi bölsa ham, uning işi Vaşington va Pekin örtasidagi munosabatlarda tortişuv manbai bölib kelmoqda. Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida “Layni 100 foiz ozod qilaman” deb vada bergan edi.
Layning öğli Sebasten Lay Trampka minnatdorçilik bildirdi va otasining ozod qilinişiga umid bildirdi:
“Prezident Tramp – Erkinlik rahbari sifatida tanilgan. Uning qöllab-quvvatlaşi Si Tszinpinni otamni ozod qilişga işontiradi, deb umid qilaman”,  dedi u bayonotida.
Tramp Si bilan bölgan muzokaralarni “muvofaqiyatli” deb baholadi, xususan, nodir metallar eksporti va fentanil moddasi işlab çiqarişda foydalaniladigan kimyoviy moddalar eksportini çeklaş böyiça “katta yutuqlar” haqida gapirdi. Uning aytişiça, muzokaralar davomida Tayvan masalasi kötarilmagan.
Jimmi Lay 1 700 kundan ortiq vaqtdan beri yakka kamerada saqlanayotgani haqida uning oilasi va huquq taşkilotlari malum qilgan. Xitoy va Gonkong rasmiylari esa sud jarayoni adolatli keçayotganini takidlamoqda.
Gonkong — Britaniya mustamlakasidan bölgan sobiq hudud bölib, u hanuz Kommon Lo tizimiga asoslangan mustaqil sud tizimiga ega. Şu sababli, Lay materik Xitoydagi ayblanuvçilarga nisbatan kengroq huquqiy kafolatlarga ega.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: