USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğistonda fonagrammadan foydalaniş taqiqlanadi

91 марта

Qozoğistonda fonagrammadan foydalaniş taqiqlanadi

Qozoğistonda kontsert taşkilotçilari va ijroçilarga fonogrammadan foydalaniş taqiqalanadi. Ular qonunni buzgan taqdirda 1000 oylik hisob körsatkiçi (2025 yilda 3,9 million tenge – taxminan 90 mln söm) miqdorigaça jarimaga tortilişi mumkin. Bu haqda bugun, 6 noyabr kuni Senatning navbatdagi sessiyaisida birinçi öqişda körib çiqilgan “Madaniyat, talim, oila va davlat nazorati sohalariga oid ayrim qonunçilik hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida” qonun loyihasida söz boradi.

Qayd etilişiça, yiğilişda deputatlar 200 va undan ortiq tomoşabinli kontsertlarda fonogrammadan foydalaniş taqiqini aniqlaştirgan. Senatning tegişli qömitasi xulosasiga köra, fonogrammalardan faqat televizion kontent yaratişda va kontsert ötkazişga mos bölmagan joylarda foydalaniş mumkin böladi.


Senator Talgat Junusovning aytişiça, qonunga muvofiq tomoşabinlarga musiqa asarlarini ijro etişda fonogrammalardan foydalanilişi haqida oldindan malumot beriş majburiyati joriy etiladi, şuningdek, yirik madaniy va köngiloçar tadbirlarda ham bu tartib amal qiladi.

“Bu normalar örtasida ziddiyat yuzaga kelmaydimi? Agar taqiq joriy etilsa, unda nazorat mexanizmi qanday böladi va taşkilotçilar hamda ijroçilar qanday javobgarlikka tortiladi?” deya savol qöygan senator Madaniyat va axborot vaziri örinbosari Oybek Siddiqovga.
Vazir örinbosari bu masala böyiça hukumat pozitsiyasi allaqaçon işlab çiqilganini, tuzatmalar esa Senat işçi guruhlarida batafsil qayta körib çiqilib, kelişilganini tuşuntirgan.
“Majlis deputatlari Mamuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksni yangi norma bilan töldirişni taklif qildilar. Unga köra, belgilangan taqiqni buzgan holda fonogrammadan foydalanganlik uçun 1000 oylik hisob körsatkiçigaça jarima nazarda tutiladi. Uşbu normaning ijrosini nazorat qiliş vakolati hokimliklarga yuklanadi”, deydi Siddiqov.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: