Qozoğistonda yuzni yopuvçi kiyimlarni kiyiş taqiqlanadi
26-06-2025, 12:39
165 марта

Qozoğistonda yuzni yopuvçi kiyimlarni kiyiş taqiqlanadi
Qozoğiston parlamentining har ikki palatasi jamoat joylarida yuzni yopadigan kiyim-keçaklarni kiyişni taqiqlovçi qonun loyihasini qöllab-quvvatladi. Uşbu hujjat davlat rahbarining imzosi uçun yuborildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.Qayd etilişiça, gap “Huquqbuzarliklarning oldini oliş töğrisida”gi qonunga kiritilayotgan tuzatişlar haqida bormoqda. Joriy yilning 19 iyun kuni bu hujjat Senatda körib çiqilgan, biroq u öşa paytda qabul qilinmagan va bazi özgartirişlar bilan parlamentning quyi palatasi – Majlisga qaytarilgan. Bu özgartirişlar kuç tuzilmalari xodimlariga uy-joy beriş masalalariga taalluqli bölgan.
Biroq Senat azolari jamoat joylarida yuzni yopuvçi kiyimlarni taqiqlovçi normalarga rozi bölgan. Majlis deputatlari qonun loyihasini qayta körib çiqqan va taklif etilgan tuzatişlarga rozilik bildirgan. Endi qonunni Prezident imzolaşi kerak böladi.
Qayd etilişiça, yangi özgarişlar yuzni tanib olişga tösqinlik qiluvçi kiyimlardan foydalanilgan holda sodir etilişi mumkin bölgan huquqbuzarliklarning oldini olişga yordam beriş maqsadida joriy etilmoqda. Bunda ayrim istisnolar mavjud. Masalan, bunday kiyim qonun talablarini bajariş, tibbiy maqsadlar, fuqarolik muhofazasi, muayyan ob-havo şaroitlari yoki sport-madaniy tadbirlarda iştirok etiş uçun işlatilsa, taqiq tatbiq etilmaydi.
Hujjatda aynan qanday kiyimlar nazarda tutilayotgani oçiq yozilmagan.