Odamlar kiyim almaştiradigan joylarda kamera örnatiş man etiladi
25-05-2025, 15:23
156 марта

Adliya vazirligi şaxs tasviriga oid huquqlarni kuçaytiriş maqsadida qonun loyihasini işlab çiqdi. Unga köra, şaxsning foto yoki video tasviridan foydalaniş uçun uning (16 yoşgaça bölsa ota-onasining) roziligi talab etiladi.
Biroq quyidagi holatlarda rozilik talab etilmaydi:
—qidiruv elon qilinganda;
—jamoat joylari va ommaviy tadbirlarda;
—mamuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat haqida xabar berişda;
—tasvir oçiq manbalarda joylaştirilgan bölsa;
—jamoat tartibi va xavfsizlik maqsadida videokuzatuv orqali tasvirga olişda.
Qonun loyihasiga köra, davlat xizmatçilarini vazifasini bajarayotganda roziligisiz tasvirga oliş va uni tarqatiş mumkin böladi.
Bundan taşqari, kişilar qisman yoki töliq kiyimsiz böladigan joylarda videokuzatuv kameralarini örnatiş va şaxslarni tasvirga oliş taqiqlanmoqda.
Xodimni tasvirga oliş, uşbu tasvirlardan foydalaniş uçun uni oldindan ogohlantiriş va roziligini oliş tartibi belgilanadi.
Loyiha bilan şaxsiy va oilaviy sirlarni taşkil etuvçi axborotni töplaş yoki tarqatiş maqsadida axborotni yaşirinça olişga möljallangan texnika vositalaridan foydalaniş uçun mamuriy javobgarlik közda tutilgan.