Fuqarolarning öz tasviriga bölgan huquqlari mustahkamlanadi – loyiha
23-05-2025, 13:34
109 марта
Oxirgi 3 yilda kişiga manaviy yoki moddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan malumotlarni oşkor etiş/şaxsiy hayot daxlsizligini buzişga oid mamuriy huquqbuzarlik 2,5 baravar, bu boradagi jinoyat işlari salkam 40foizga oşgan.Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Hayot Qiliçev malum qildi.
Xususan, kişilar töliq yoki qisman yalanğoç böladigan joylarda ham kuzatuv kameralari örnatilmoqda va ayrim hollarda undagi tasvirlar Internetda tarqatilmoqda.
Masalan, dökonlarning kiyim almaştiriş xonalari, hammomlar, yotoqxonalar, ayrim tibbiyot xonalarida örnatilgan videokuzatuv kameralari köplab etirozlarni keltirib çiqarmoqda.
Bu singari holatlarni oldini oliş uçun Adliya vazirligi tomonidan amaldagi milliy qonunçilik va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi örganilib, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi va MJTKga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça qonun loyihasi işlab çiqildi.
“Şaxslarning tasvirga bölgan huquqlari himoyasini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi bilan quyidagi tartiblarni örnatiş taklif etilmoqda:
- umumiy qoida tariqasida, har qanday kişining foto yoki video tasviridan foydalaniş uçun uning roziligi talab qilinadi;
- agar şaxs 16 yoşdan kiçik bölsa, uning ota-onasi rozilik beradi.
- tasvirdagi kişiga nisbatan qidiruv elon qilişda;
- jamoat joylarida, ommaviy tadbirlarda kişini şaxsni tasvirga olişda;
- mamuriy huquqbuzarlik, jinoyat haqida xabar berişda;
- tasvir uning egasi tomonidan hamma foydalana oladigan oçiq manbalarga, aytaylik, Internetga joylaştirilgan bölsa;
- jamoat tartibini saqlaş, xavfsizlikni taminlaş maqsadida videokuzatuv tizimlari orqali şaxslarni tasvirga olişda.
Yani, öz xizmat vazifasini bajarayotgan davlat xizmatçilarini ulardan söramagan holda rasm, videoga oliş va uni tarqatiş mumkin böladi.
Bundan taşqari, kişilar qisman yoki töliq kiyimsiz böladigan joylarda videokuzatuv kameralarini örnatiş va şaxslarni tasvirga oliş taqiqlanmoqda.
Jamoat joylarida videokuzatuv tizimlari örnatilsa, bu haqda aniq va barçaga tuşunarli ogohlantiruvçi belgi örnatilişi şart.
Qonunni qöllaşda turli talqinga sabab bölmasligi uçun jamoat joyi tuşunçasiga tarif berilmoqda.
Şuningdek, Mehnat kodeksiga xodimni tasvirga oliş, uşbu tasvirlardan foydalaniş uçun xodimni oldindan ogohlantiriş va roziligini oliş tartibi belgilanmoqda.
Loyiha bilan şaxsiy va oilaviy sirlarni taşkil etuvçi axborotni töplaş yoki tarqatiş maqsadida axborotni yaşirinça olişga möljallangan texnika vositalaridan foydalaniş uçun mamuriy javobgarlik belgilanmoqda.