Şomurodov mutlaq töpurarga aylanib oldi
8-11-2025, 14:57
95 марта

Şomurodov mutlaq töpurarga aylanib oldi
Keça, 7 noyabr kuni Turkiya Superligasi 12-turi doirasida “Istanbul Başakşehir” “Gençlerbirligi” klubi maydoniga safar qildi. Uçraşuvda istanbulliklar 1:2 hisobida imkoniyatni qöldan boy berdi. Mehmonlar tarkibidagi yagona golni Özbekiston milliy terma jamoasi Eldor Şomurodov kiritdi. Bu gol bilan Şomurodov Turkiya Superligasidagi mutlaq töpurarga aylanib oldi.Şomurodov uşbu bahsda töliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi va uçraşuvning 46-daqiqasida gol urib, uçraşuvdagi muvozanatni tikladi, biroq 53-daqiqada mezbonlar hisobda oldinga çiqib oldi va yakunda ğalabani saqlab qolişga erişdi. Şomurodovning bu goli çempionat doirasidagi ketma-ket 3-öyindagi goli böldi. Özbekiston terma jamoasining yana bir azosi Abbos Fayzullayev esa jarohati sabab öyinda iştirok eta olmadi.
“Sofascore” naşri Şomurodovning uşbu öyindagi harakatlarini 7 ball bilan baholadi.
Ayni damda Eldor Şomurodov 8 ta gol bilan Turkiya Superligasining eng yaxşi töpurari bölib oldi. Şomurodov keyin “Trabzonspor” hujumçisi Pol Onuaçu ham 7 ta gol bilan 2-örinda borayotgan bölsa, “Fenerbahçe” futbolçisi Yussef En-Nesiri va “Galatasaray” forvardi Mauro Ikardi esa 6 tadan gol bilan keyingi örinlarni band etgan.