USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kannavaroning debyut öyinida Özbekiston Quvaytni mağlub etdi

434 марта

Kannavaroning debyut öyinida Özbekiston Quvaytni mağlub etdi

Bugun, 9 oktyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Toşkentdagi “Olimpiya” stadionida Quvayt milliy terma jamoasi bilan örtoqlik öyini ötkazdi. Fabio Kannavaro boş murabbiyligidagi ilk bahsda “oq börilar” ğalaba qozondi.

Öyinning dastlabki daqiqalari özbekistonliklar uçun omadli boşlandi. Xususan, uçraşuv startidan 10 daqiqa ötib mezbonlar sardori Eldor Şomurodov darvozabon bilan birga-bir çiqib, hisobni oçdi. Birinçi bölimning 19-daqiqasida esa Hojimat Erkinov oradagi farqni 2 taga yetkazib qöydi. Oradan 2 daqiqa ötib Abbosbek Fayzullayev jarohat oldi va uning örniga Azizbek Turğunboyev maydonga tuşirildi. Birinçi bölimda hisob boşqa özgarmadi.

Ikkinçi bölim ham “oq börilar” ustunligida boşlandi. Ular bir qator hujumlar uyuştirdi va öyinning 60-daqiqasida quvaytliklar futbolçisi Hojimat Erkinovga nisbatan öz jarima maydonida qöpollik işlatib, penaltiga sabab böldi. Biroq penaltini Otabek Şukurov golga aylantira olmadi. Ikkinçi bölim ham töliq mezbonlar usutnligida ötdi, lekin hisob 2:0 körinişida qoldi. Şu tariqa Fabio Kannavaro Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi sifatida ilk ğalabasiga erişdi.
Malumot uçun, Özbekiston MTJ joriy yilning 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay MTJ bilan öynaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: