Aş-Şaraga qilingan 2 suiqasd foş etildi
11-11-2025, 13:48
129 марта

Aş-Şaraga qilingan 2 suiqasd foş etildi
Suriya ikkita terrorçilik hujumi orqali muvaqqat prezident Ahmad aş-Şarani öldirişga uriniş böyiça “Islom davlati” (IŞID) guruhi rejalarini foş etdi. Bu haqda ikki yuqori martabali amaldorga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Malum bölişiça, bu voqea mamlakat rahbarining uzoq yillar davomida kuraşib kelayotgan şu guruhga qarşi AQŞ boşçiligidagi koalitsiyaga qöşiliş rejalari fonida şaxsiy xavfni yanada oşirgan. Manbalardan biri – Suriya xavfsizlik xizmati vakili, ikkinçisi – Yaqin Şarqdagi yuqori lavozimli amaldor – malum qilişiça, aş-Şara hayotiga suiqasd rejalari sönggi bir neça oy içida foş etilgan bölib, ular 14 yillik fuqarolik uruşida vayronaga aylangan mamlakatda hokimiyatni mustahkamlaşga intilayotgan rahbar uçun töğridan töğri tahdidni körsatadi.
Manbalar aytişiça, hujum rejalaridan biri aş-Şaraning oldindan elon qilingan rasmiy tadbiri bilan boğliq bölgan, ammo buning aniq tafsilotlari xavfsizlik sabablari bilan oşkor etilmagan. Suriya Axborot vazirligi bu malumotlarga izoh berişdan boş tortdi, ammo “Islom davlati” hali ham mamlakat va butun mintaqaviy xavfsizlikka “real tahdid” ekanini takidladi.