Turkiyada futbol mojarosi: 8 kişi hibsga olindi, 1024 futbolçi çetlatildi
11-11-2025, 18:07
105 марта

Turkiyada futbol mojarosi: 8 kişi hibsga olindi, 1024 futbolçi çetlatildi
Turkiya hukumati futbol öyinlariga noqonuniy pul tikişda ayblangan sakkiz kişini, jumladan, yuqori darajadagi klub rahbarini hibsga oldi. Şu bilan birga, Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) 1024 nafar futbolçini tergov yakuniga qadar vaqtinça futbol faoliyatidan çetlatganini malum qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.Manbaga köra, sud tergovi doirasida “Eyupspor” klubi rahbari Murat Ozkaya hamda yana 7 kişi hibsga olingan. Klub vakillari bu borada izoh berişdan boş tortgan.
Federatsiya bayonotiga köra, 1024 nafar futbolçi Professional futbol intizom kengaşiga (PFDK) yuborilgan bölib, ular orasida Superliganing eng yuqori darajadagi klublaridan “Galatasaray” va “Beşiktoş” futbolçilari ham bor.
Şuningdek, TFF klublarga tarkibdagi böşliqlarni töldiriş imkonini beriş maqsadida FIFA bilan 15 kunlik qöşimça içki transfer oynasini oçiş böyiça muzokaralar boşlanganini bildirdi.
Ikkinçi va uçinçi darajali ligalardagi öyinlar esa ikki haftaga töxtatildi. Mahalliy OAV malumotlariga köra, TFF kengaşi bugun, 11 noyabr kuni vaziyatni muhokama qiliş uçun navbatdan taşqari yiğiliş ötkazadi.
TFF prezidenti Ibrohim Hajiosmonöğli bu holatni “turk futbolidagi manaviy inqiroz” deb atadi. Uning sözlariga köra, federatsiya ötkazgan tekşiruv natijasida mamlakatdagi 571 faol hakamdan 371 nafarida qimor hisoblari mavjudligi, 152 nafari esa faol ravişda pul tikişda qatnaşgani aniqlangan.
Qiziği şundaki, bazi hakamlar minglab öyinlarga garov tikkan. Ulardan biri 18 227 marotaba, 42 nafar hakam esa har biri 1000 tadan ortiq öyinga pul tikkan.