Yaponiyada 170 dan ortiq bino yonib ketdi
19-11-2025, 12:18
129 марта

Yaponiyada 170 dan ortiq bino yonib ketdi
Keça, 18 noyabr kuni Yaponiya janubidagi qirğoq şaharlardan birida kuçli yonğin yuzaga keldi. Yonğin hali ham töliq öçirilmagan. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.Malum qilinişiça, Tokiodan qariyb 770 kilometr janubi-ğarbda joylaşgan Oita prefekturasining Saganoseki tumanida 18 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:40 da yonğin sodir bölgani haqida Tabiiy ofatlarni boşqariş agentligiga xabar kelib tuşgan.
Yonğin qisqa vaqt içida röy berib, 170 dan ortiq binoni qurşab olgan. Kuçli alangadan qörqqan mahalliy aholi öz uylarini tark etişga majbur bölgan. Rasmiy malumotlarga köra, bedarak yöqolganlar ham bor.
Mahalliy teleradiokompaniyalar tomonidan havodan olingan kadrlarda vayronaga aylangan uylar, S brendi bilan maşhur bölgan baliq ovlaş bandargohi tomonidagi tepaliklardan kötarilayotgan qalin tutun aniq körinadi.
Ommaviy axborot vositalarining qayd etişiça, yonğin atrofdagi örmon yonbağirlariga ham tarqalgan. Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçi Oita prefekturasi gubernatori söroviga köra, yonğinni nazoratga oliş uçun harbiy öt öçiriş vertolyoti jalb etilganini malum qilgan.
Hozirda favqulodda xizmatlar yonğinning kelib çiqiş sabablariga oid barça tafsilotlarni örganmoqda.