Qozoğistonda yangi port quriladi
25-11-2025, 21:17
145 марта

Qozoğistonda yangi port quriladi
Qozoğistonning Aktau şahrida yangi port qurilişi rejalaştirilmoqda. Loyiha böyiça Xitoyning Zhongyong International Group kompaniyasi strategik hamkor sifatida tanlangan. Bu haqda “Kazakhstan Today” xabar berdi.
Xabarga köra, investitsiya loyihasi 300 million dollarga baholanmoqda. Investor kompaniya allaqaçon mamlakatda röyxatdan ötgan va investitsiya şartnomasini imzolaş uçun zarur hujjatlarni tayyorlamoqda.
Viloyat hokimi Nurdaulet Kilibayning malum qilişiça, loyiha Xitoy – Qozoğiston – Aktau – Boku – Poti – Yevropa yönalişi böyiça yangi xalqaro transport yölagini şakllantiradi.
Uning takidlaşiça, loyiha amalga oşirilişi bilan yuk yetkazib beriş muddati 7–15 kunga qisqaradi, transport xarajatlari 18–25 foizga kamayadi va yangi iş örinlari yaratiladi.
Mamlakat Boş vaziri Oljas Bektenov tegişli agentliklarga Aktau portida konteyner markazi qurilişi jarayonini muntazam nazorat qilib borişni topşirdi.
“Transport vazirligi Aktau portida konteyner markazi qurilişiga alohida etibor qaratadi va 2026 yilning birinçi çoragi oxiriga qadar amalga oşirilayotgan işlar böyiça hisobot taqdim etadi”, dedi Bektenov.