OAV: Ukraina Trampning tinçlik rejasiga rozi böldi
26-11-2025, 02:54
389 марта

OAV: Ukraina Trampning tinçlik rejasiga rozi böldi
OAVda tarqalgan sönggi xabarlarga köra, Ukraina Trampning tinçlik rejasiga rozi bölgan.Faqat kelişilmagan "kiçik tafsilotlar" qoldi. OAV xabarlariga köra, Ukraina delegatsiyasi Abu-Dabida AQŞ armiyasi kotibi Den Driskoll bilan uçraşuvda yangilangan Amerika rejasiga "ha" deb javob bergan.
Şuningdek, prezidentlar Tramp va Zelenskiy yaqin kelajakda bazi bahsli masalalarni şaxsan muhokama qilişadi. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerovning sözlariga köra, Ukraina rahbari kelişuvni yakunlaş uçun noyabr oyi oxiriga qadar Vaşingtonga borişi mumkin.
Ayni paytda, bugun Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va Amerika delegatsiyalarining uçraşuvi bölib ötmoqda.FT Kiyev mamlakat qurolli kuçlari sonini 800 ming kişi bilan çeklaşga rozi bölganini davo qilmoqda.
Hududiy imtiyozlar masalasi hali ham muhokama qilinmoqda.
Avvalroq Trampning 28 punktdan iborat rejasi 19 taga kamaytirilgandi. Jumladan, Ukrainaning Donbassdan çekinişi kun tartibidan olingan.