Rossiyalik eksportçi Özbekiston kompaniyasidan qariyb 13 mln rubl undiradi
28-11-2025, 22:13
412 марта

Rossiyalik eksportçi Özbekiston kompaniyasidan qariyb 13 mln rubl undiradi
Rossiyaning Ufa şahridagi “Duslar” savdo uyi Toşkentda joylaşgan Agro Organic Food kompaniyasidan Özbekistonga asal va quritilgan sut zardobi yetkazib beriş böyiça tuzilgan şartnomalardan kelib çiqqan 12,7 mln rubl (1,9 mlrd söm) qarzni sud orqali undirib oldi. Başqirdiston Arbitraj sudi davoni töliq qanoatlantirdi. Javobgarda qarordan şikoyat qiliş uçun bir oy vaqt bor. Bu haqda RBK xabar berdi.Malum bölişiça, 2023 yil yozida tomonlar ikki şartnoma tuzgan bölib, unga köra, başqir kompaniyasi özbek şerigiga asal va quritilgan sut zardobini yetkazib berişi kerak edi. Xaridor har bir partiya uçun yetkazib berilgan paytdan va bojxona rasmiylaştiruvidan keyin 30–60 kun içida tölaşi lozim edi.