USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ğazodagi uruşda halok bölgan falastinliklar soni 70 mingdan oşdi

105 марта

Ğazodagi uruşda halok bölgan falastinliklar soni 70 mingdan oşdi

Isroil va HAMAS örtasidagi harbiy qarama-qarşilik boşlanganidan buyon Ğazoda halok bölganlar soni 70 ming kişidan oşdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Tomonlar 10 oktyabr kuni öt oçişni töxtatişga kelişib olgan bölsa-da, qurbonlar soni oşişda davom etmoqda. Bu Isroil “sulh buzildi” deb hisoblagan holatlarga javoban zarbalar berayotgani bilan boğliq. Şuningdek, uruşning dastlabki kunlarida vayronalar ostida qolgan jasadlarning topilişi ham qurbonlar sonini orttirmoqda.

Ğazo soğliqni saqlaş vazirligiga köra, falastinliklar orasidagi qurbonlar soni hozir 70,1 ming nafarga yetgan. Vazirlik HAMAS boşqaruvidagi hukumat tarkibida faoliyat yuritadi va xalqaro hamjamiyat tomonidan işonçli deb baholanadigan statistikani yuritadi
Ğazo janubidagi Nosir şifoxonasi xodimlari aytişiça, 8 va 11 yoşli aka-uka Beni-Suhayla şahrida köçirilgan aholi joylaşgan maktab yaqiniga Isroil droni zarba berganda halok bölgan Isroil harbiylari esa nazorat ostidagi hududga ötib kelgan, “şubhali faoliyat olib borgan” va askarlarga yaqinlaşgan ikki kişini öldirganini daʻvo qildi.

Bayonotda bolalar haqida söz yuritilmagan. Isroil va HAMAS örtasidagi öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirganidan beri kamida 352 falastinlik halok böldi. Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi qurbonlar orasida tinç aholi va jangarilar farqlanmasligini takidladi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: