USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina boş muzokaraçisi – Andrey Yermaksiz ham Tramp rejasini muhokama qilişni davom ettirmoqda

187 марта
Ukraina boş muzokaraçisi – Andrey Yermaksiz ham Tramp rejasini muhokama qilişni davom ettirmoqda

Uning özi Zelenskiydan xafa emasligini va uruşga otlanganini aytgan.
Foto: Julia Koçetova / Bloomberg / Getty Images
Ukraina rasmiylari delegatsiyasi Donald Trampning Rossiya-Ukraina uruşi yakuni böyiça rejasini muhokama qilişni davom ettiriş uçun AQŞga uçib ketdi.
Bloomberg manbalariga köra, Kiyev delegatsiyasi tarkibidan Ukraina Milliy xavfsizlik kengaşi rahbari Rustem Umerov va taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Sergey Kislitsa örin olgan. Ular 30 noyabr kuni Florida ştati Mayami şahrida AQŞ prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Trampning kuyovi, uning sobiq maslahatçisi Jared Kuşner bilan uçraşuv ötkazadi.

The Economist jurnalisti Oliver Kerroll Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov ham yöl olgani, u şu kunlarda Ukraina prezidenti ofisi rahbari lavozimidan olingan Andrey Yermak örniga Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilişini xabar qilgandi. Ammo keyinroq, u bu malumotga aniqlik kiritib, Floridaga Budanovning örniga uning örinbosari Vadim Skibitskiy borişini yozdi. Axios naşri muxbiri Barak Ravid muzokaralarga Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi boşliği, general-leytenant Andrey Gnatov ham qöşilişini qöşimça qildi.
Yakunda, Ukraina prezidenti farmoniga köra, delegatsiyaning yangi rahbari Rustem Umerov bölgan. Muzokaraçilar guruhi tarkibida Budanovning ham, Skibitskiy, Kislitsa va Gnatovning ham nomlari kiritilgan. Şuningdek, Ukraina prezidenti kabineti maslahatçisi Oleksandr Bevz, Ukraina taşqi razvedka xizmati rahbari Oleg Ivaşçenko, Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari örinbosari Oleksandr Poklad hamda Ukraina Milliy xavfsizlik kengaşi rahbari birinçi örinbosari Yevgeniy Ostryanskiy ham delegatsiya tarkibidan örin olgan. Ulardan aynan kimlar AQŞga uçganiga oydinlik kiritilmagan.

Muzokaralar arafasida Ukraina energetika sektoridagi korruptsiya böyiça şov-şuvli işni tergov qiliş doirasida Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning uyi tintuv qilindi. Tergovçilar Yermakka heç qanday ayblov qöyişmagan, biroq oradan bir neça soat ötgaç, u istefoga çiqiş haqida ariza yozgan. Volodimir Zelenskiy özining eng yaqin safdoşini işdan böşatiş töğrisidagi farmonni imzoladi va «prezident devonida perezagruzka bölişi»ni elon qildi. «Men Andreyga muzokaralar trekida Ukrainaning pozitsiyasi ular tomonidan har doim qanday bölişi kerak bölsa, şunday taqdim etilgani uçun minnatdorman. Bu har doim vatanparvarlik pozitsiyasi bölgan», – dedi Zelenskiy keçki murojaatida.

Andrey Yermakning istefodan keyingi ilk izohi The New York Post gazetasida elon qilindi. U öziga murojaat qilgan jurnalist Keytlin Dornbosga javobida uruşga ketmoqçi ekanini yozgan.

«Men frontning oldingi çiziğiga ketyapman va har qanday repressiyaga tayyorman. Men halol va vijdonli odamman», — deya uning sözlarini keltiradi naşr. – 2022 yil 24 fevraldan beri Kiyevda bölişimga qaramay, meni şarmanda qilişdi va qadr-qimmatimni himoya qilişmadi. Şuning uçun men Zelenskiyga muammo tuğdirmoqçi emasman: men frontga ketyapman. Şanimga yoğdirilgan ifloslik meni ğazablantiradi, haqiqatni biladiganlar tomonidan qöllab-quvvatlov yöqligi esa yanada köproq ğazablantiradi».

Keyinroq Financial Times bilan suhbatda Yermak öz istefosi uçun Zelenskiydan xafa emasligini bildirdi. «U bu işimdan oldin ham döstim edi va men uni bundan keyin ham yodda tutaman», – dedi Ukraina prezidenti ofisining sobiq rahbari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: